calendar 29 Jan 08:40
eye 54
comments 0
comments Manba: sof

Deputatlar saylov kunini ko'chirishga oid qonunni qabul qildi

image

Qonunchilik palatasi Konstitutsiya va Saylov kodeksiga tegishli o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi qonunni qabul qildi. O'zgarishlardan biri saylov sanasini dekabrdan oktyabrga ko'chirishni ko'zda tutadi. Senat ham ushbu qonun loyihasini maʻqullab, prezident imzolasa, 2021 yilgi prezidentlik saylovlari 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 29 yanvar kungi yig'ilishda Prezident saylovlari sanasini o'zgartirish va boshqa qo'shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. 

«Qonunchilik palatasi deputatlari Prezident saylovlari sanasini o'zgartirish va boshqa qo'shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Xususan, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasi davrida Davlat byudjyetidan ajratilgan mablag'lar uchun G'aznachilikda hisobvaroq ochilmaydigan bo'ldi», deyiladi Юksaliш — LIVE xabarida.

Hujjat Senatga yuboriladi.

Bundan avvalroq O'zbekistonda prezident saylovlari oktyabr oyi uchinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkazilishi mumkinligi haqida xabar qilingan, bu masala quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari yig'ilishida muhokama qilingani, agar yangi tartib qabul qilinsa, 2021 yilgi prezident saylovlari 24 oktyabrga to'g'ri kelishi aytilgandi.

Keyinroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Prezidentlik saylovi muddati ko'chirilishiga izoh bergan, amaldagi qonunchilikka muvofiq, Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkazilishi, bu esa saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlarni o'tkazish, jumladan, Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlarning kechiktirilishiga sabab bo'lishi aytilgan, shu sababli, qonun loyihasiga ko'ra, saylovlarni oktyabr oyi uchinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkazish taklif etilayotgani maʻlum qilingandi.

  • Maʻlumot uchun, prezident saylovini O'zbekiston fuqarolari umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan amalga oshiradi. Ushbu lavozimga 35 yoshdan kichik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashayotgan O'zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O'zbekiston prezidenti besh yil muddatga saylanadi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
70
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:51
 
123
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do