Habibga futbol klubidan taklif tushdi

image

Rossiyaning uchinchi divizionida to'p suruvchi "KamAZ" klubidan yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovga futbol karyerasini ushbu jamoada boshlash to'g'risida taklif yuborildi. Bu haqda "KamAZ" klubining Instagram sahifasida maʻlum qilingan.

"Xush kelibsiz, Habib! Sizga jamoamiz aʻzosi sifatida katta futbolda debyut qilishni taklif etamiz", deyiladi sahifada.

Xabarga ko'ra, "KamAZ" Habibni mavsumoldi yig'inlariga chaqirgan.

 

Maʻlumot o'rnida, ushbu klubda avval ham katta futbolga boshqa sportdan kirib kelgan futbolchi debyut qilgan. Rossiyaning Qozon shahri sharafini himoya qiluvchi "Ak Barsa" xokkey klubidan kelgan Artyom Lukoyanov ushbu klub bilan 2019 yilda shartnoma tuzgan va "Ufa-2"ga qarshi maydonga tushgan.