Ramzan Qodirovning Chechenistonda rahbarlik lavozimlarida ishlaydigan va deklaratsiya to‘ldirmagan qarindoshlari Moskvadagi koshonalarga egalik qiladi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qarindoshlari Moskvadagi elita ko‘chmas mulki hisoblangan uylarga egalik qiladi. Ularning turmush o‘rtoqlari ham Chechenistonda rahbarlik lavozimlarida ishlaydi, biroq to‘ldirilgan deklaratsiyalarda bu haqda ma’lumot berilmagan. Bu haqda “Vajnie istorii” nashrida Rossiya reyestridagi axborotlarga asoslangan ma’lumotlar berilgan.
Nashrning yozishicha, Checheniston rahbarining opasi Zargan Qodirova 2004-yildan buyon Moskvaning Leningrad shohko‘chasida joylashgan 131,7 kvardat metrli premium sinfga mansub “Lochin uyasi” nomli turar joy kompleksiga egalik qiladi. Uning eri Ramzan Cherxigov Checheniston transport va aloqa vaziri. Amaldor 2012-yildan 2019-yilga qadar deklaratsiyalarning hech birida rafiqasiga tegishli kvartiralar haqida ma’lumot qoldirmagan. Ushbu kompleksdagi kvartiralardan biriga 2011-yildan buyon Zarema Ramzanovna Cherxigova egalik qiladi, nashrning yozishicha Zargan Qodirova va Ramzan Cherxigovning voyaga yetmagan qizining mulki haqida vazir to‘ldirgan deklaratsiyada ma’lumot qayd etilishi zarur.
Checheniston rahbarining boshqa bir opasi Zulay Qodirova mamlakatda rahbar va hukumat ish boshqaruvchisining o‘rinbosari, u 167,7 kvadrat metr maydonga ega turar joy kompleksining egasi (joyning narxi 60 million rubl ekanligi taxmin qilingan). Shunga qaramay u 2019-yildagi o‘z deklaratsiyasida mol-mulklar haqida axborot qoldirmagan. Ayolning turmush o‘rtog‘i Salmon Zakriyev Checheniston parlamenti raisining birinchi o‘rinbosari va u deklaratsiyasida 2018-yilga kelibgina mazkur kvartira rafiqasiga tegishli ekanini bildirib o‘tgan.
“Lochin uyasi”dagi yana bir kvartiraga Qodirova va Zakriyev oilasi vakili Yoqub Zakriyev egalik qiladi. 30 yoshli Yoqub Chechenistonda 2018—2020-yillarda Grozniy shahri meri lavozimida ishlagan, ayni vaqtda respublika hukumatida bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda. U ham deklaratsiyalarida Moskvadagi uyi haqida ma’lumot qoldirmagan.
Ramzan Qodirovning tutingan ukasi Turpal-Ali Ibragimov ham “Lochin uyasi” kompleksidagi kvartiraga egalik qiladi, u Chechenistonning Shalin hududidagi ma’muriyatni boshqaradi. Ibragimov xonadonni 2005-yilda sotib olgan, ammo hanuzgacha deklaratsiyalarda bu haqda qayd yozmay kelmoqda.
Ramzan Qodirovning o‘zi ham ko‘chmas mulklari haqidagi ma’lumotlarni uzoq vaqt davomida yashirib kelgan. 2010-yilgacha Ramzanda otasi Ahmad Qodirovdan meros bo‘lib qolgan Moskvadagi Veernoy ko‘chasidagi uy bo‘lgan. Biroq u bu haqda deklaratsiyalardagi ma’lumotlarda biror marta ham eslab o‘tmagan.
Rossiyada 2008-yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra amaldorlar har yili o‘zlariga tegishli mol-mulklar haqida deklaratsiya to‘ldiradi. Hujjat bo‘yicha noto‘g‘ri axborotlar bergan amaldor o‘z egallab turgan lavozimini tark etishi ham mumkin.
Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi
Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto
Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi
Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha
Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi
Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres