Pogba "Manchester Yunayted"dan ketadimi?

Angliyaning "Manchester Yunayted" futbol klubi yarimhimoyachisi Pol Pogbaning klubda qolishi shubha ostida edi. Biroq u hozir "Yunayted"da o'zini yaxshi his qilyapti. Bu haqda "Goal" nashri xabar bermoqda.
Nashrning maʻlum qilishicha, Pogba "qizil iblislar" safidagi hayotidan mamnun va klub bilan shartnomani o'zaytirish niyatida.
Yarimhimoyachining "Yunayted"da qolishi ko'p vaqtlardan beri qizg'in muhokama qilinmoqda. Unga sobiq jamoasi "Yuventus" va Qirollik klubi "Real Madrid" asosiy daʻvogar.
Maʻlumot o'rnida, frantsiyalik futbolchi "qizil iblislar" tarkibida 2016 yildan beri harakat qilmoqda. U bundan avval, 2011-2012 yillarda ham "Yunayted"da o'ynagan.