Messi diskvalifikatsiyadan so'ng birdaniga ikkita rekord o'rnatdi

Avvalroq, "Barselona" forvardi Lionel Messi Ispaniya Superkubogining final bahsida "Atletik Bilbao" klubining hujumchisiga nisbatan qilgan qo'polligi uchun ikkita uchrashuvga futboldan chetlatilgani haqida xabar bergan edik.
Diskvalifikatsiya muddati tugagach, Messi "Barselona" safida Ispaniya kubogi doirasidan o'rin olgan "Rayo Valyekano"ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida turnirdagi 76-o'yinini o'tkazib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha klub rekordchisiga aylanib oldi.
Ushbu uchrashuvda Messi yana bir yuqori ko'rsatkichni qayd etdi. U "Rayo Valyekano" darvozasiga mavsumdagi 15-golini urishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, Leo "Barsa"safida 15 mavsumdan beri 15 tadan ortiq gol urgan hujumchiga aylandi.
🔝 Leo #Messi surpasses Josep Samitier on Club list of most all-time Copa del Rey appearances!
— FC Barcelona (@FCBarcelona) January 27, 2021
🐐 7️⃣6️⃣
Josep Samitier 7️⃣5️⃣
Andrés Iniesta 7️⃣3️⃣
Vicenç Piera 7️⃣1️⃣
Xavi 7️⃣0️⃣ pic.twitter.com/6tDTf9IUeZ