calendar 08 Sep 04:10
eye 20
comments 0
comments Manba: daryo

Koronavirus sababli Turkiyada jamoat transportida tik turgan holda harakatlanish taqiqlandi

image

Turkiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari sonining oshgani sababli jamoat transportida tik turgan holatda harakatlanish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Kodjaning ma’lum qilishicha, koronavirus Turkiyada o‘zining ikkinchi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. May va iyun oylaridan buyon kasallanish va o‘lim bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar so‘nggi bir necha kun ichida qayd etilgan.

Erdo‘g‘onning ma’lum qilishicha, kasallanish soni ortayotgani sababli pandemiyaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda, kafe va restoranlar ko‘proq nazorat qilinadi. Hech qanday holatda jamoat transportida tik turgan holatda harakatlanishga ruxsat berilmaydi.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, niqob taqmaydigan va ijtimoiy masofaga amal qilmaydigan fuqarolar majburiy tartibda jarimaga tortiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
33
0
qalampir.uz

Kisida Baydenga Super Mario o‘yinchoqlarini sovg‘a qildi

AQSHda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida AQSH Prezidenti Jo Baydenga 2024 yil boshida zilziladan jabr ko‘rgan Yaponiyaning Noto mintaqasidan qo‘lda yasalgan esdalik sovg‘alari hamda Nintendo kompaniyasining Super Mario Bros. qahramonlari tasvirlangan turli tovarlarni sovg‘a qildi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.   Qayd etilishicha, Kisida nomidan Amerika Prezidentiga yapon texnologiyasidan foydalangan holda tayyorlang

08 Mar 18:26
 
39
0
qalampir.uz

Istanbul aeroporti Yevropadagi eng gavjum havo bandargohi sifatida tan olindi

Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti (Eurocontrol) bir haftalik davrda Yevropadagi aviatsiya holati to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Istanbul xalqaro aeroporti hisobot haftasida kuniga o‘rtacha 1321 ta reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroportlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.   Istanbul aeroportidan keyingi o‘rinlarni kunlik 1283 reys bilan Londondagi Xitrou aeroporti, 1266 reys bilan Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti, 1169 reys bi

07 Mar 20:08
 
35
0
qalampir.uz

Elchixonadagi teraktdan bir yil o‘tib, Ozarbayjon diplomatlari Tehronga qaytadigan bo‘ldi

Ozarbayjon diplomatining o‘limi bilan nihoya topgan teraktdan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib, Ozarbayjon Tehronga elchi yuborishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Jiddada Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari haqida jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.  Eron rasmiysining ta’kidlashicha, uchrashuv chog‘ida Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xodimini o‘ldirgan

07 Mar 20:08
 
41
0
qalampir.uz

AQSH Kongressi TikTok'ni taqiqlamoqchi

AQSH Kongressining Vakillar palatasi TikTok'ni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha kuchga kirgandan so‘ng kompaniyaga ijtimoiy tarmoqni sotish uchun 5 oy vaqt beriladi. Bu haqda “RBK” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasi “amerikaliklarni xorijiy dushmanlar tomonidan boshqariladigan ilovalardan himoya qilish uchun” ishlab chiqilgan. Qonun kuchga kirganidan so‘ng, kompaniyaga besh oy vaqt beriladi yoki ilova taqiqlanadi: TikT