calendar 02 Sep 05:31
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir

SSV tunda aniqlangan koronavirus bemorlari haqida maʻlumot berdi

image
image

Bugun, 2 sentyabr soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 134 nafarga oshib, jami bemorlar soni 42 370  nafarga yetdi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•  115 nafari Toshkent shahrida; 

•  19 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 65 yoshli M.A. (erkak) hamda Olmaliq shahrida yashagan 64 yoshli A.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O'zbekistonda 39 664 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatda 2 380 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 275 nafari og'ir, 147 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Ahrorbek Hayrullayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
27
0
xs.uz

Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga

04 Apr 16:19
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi

2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guru

21 Apr 08:34
 
317
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b

22 Mar 08:54
 
60
0
xs.uz

Samarqandda noqonuniy qum qazib olgan korxona tabiatga 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazdi

Samarqand viloyatidagi Qoradaryo daryosi hududidan qum-shagʻal noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, boshqarma tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirilgan. Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib ol