calendar 01 Sep 05:31
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir

Tunda 101 kishida koronavirus aniqlandi

image
image

Bugun, 1 sentyabr soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 101 nafarga oshib, 41994 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    83 nafari Toshkent shahrida;

•    14 nafari Toshkent viloyatida;

•    4 nafari Xorazm viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 45 yoshli B.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O'zbekistonda 39275 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatda 2397 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 275 nafari og'ir, 147 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
28
0
xs.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Cho

16 Apr 09:11
 
23
0
xs.uz

Orolbo‘yi hududini obodonlashtirish maqsadida 3 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ajratildi

Mazkur tashabbus Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo viloyatida o'rmon va bog' ko'chatlarini kengaytirish, Orolbo'yi hududining ekologik barqarorligini mustahkamlash va iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan.Ta'kidlash joizki, jadallashtirilgan sanoatlashtirish, urbanizatsiya va iqlim o'zgarishi sharoitida aholi punktlarini ko'kalamzorlashtirish va yashil hududlar ulushini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Tabiiy resurslarni barq

14 Apr 06:18
 
44
0
xs.uz

Myanmada garovga olingan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari qutqarildi

Myanmada odam savdosi qurboni boʻlgan ikki nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, M.S. va B.V. ismli fuqarolar Myanmada odam savdosi qurboni boʻlganini bildirib, Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab murojaat qilgan.Maʼlum boʻlishicha, ular Tailandga internet orqali yuqori maoshli ish taklif qilinganidan soʻng borgan. Biroq Tailandga yetib kelganida, noqonuniy ravis