calendar 16 Apr 09:11
eye 30
comments 0
comments Manba: xs.uz

Orolbo‘yi hududini obodonlashtirish maqsadida 3 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ajratildi

image
Mazkur tashabbus Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo viloyatida o'rmon va bog' ko'chatlarini kengaytirish, Orolbo'yi hududining ekologik barqarorligini mustahkamlash va iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Ta'kidlash joizki, jadallashtirilgan sanoatlashtirish, urbanizatsiya va iqlim o'zgarishi sharoitida aholi punktlarini ko'kalamzorlashtirish va yashil hududlar ulushini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Tabiiy resurslarni barqaror boshqarishning samarali vositalaridan biri bu o'rmonlar barpo etish bo'lib, u tuproqning unumdor qatlamini tiklash va yer degradatsiyasi neytralligi (YDN) maqsadlariga erishishga yordam beradi. O'zbekistonning ekologik nuqtayi nazardan eng zaif mintaqalaridan biri bo'lgan Orolbo'yida ekologik vaziyatni yaxshilashda 'yashil belbog'lar'ning yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu chora-tadbirlar atrof-muhitga antropogen ta'sirlarni bartaraf etish, bioxilma-xillikni saqlash va tabiiy ekotizimlarning barqarorligini ta'minlash imkonini beradi.

'Aral Sea Wetlands' loyihasi doirasida Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzalarida ekologik barqarorlikni va aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsad qilingan. Asosiy e'tibor yer degradatsiyasining oldini olish va muhofaza etiladigan hududlar, asosiy biologik xilma-xillik hududlari va qushlar yo'llari atrofida suv va yerni kompleks boshqarishga qaratilgan.

Orol dengizi havzasi fojiali darajada sayozligiga qaramay, hali ham muhim ekologik ahamiyatga ega. U Yevropa, Osiyo va Afrika o'rtasida qushlar migratsiyasi uchun muhim rol o'ynaydigan noyob suvli-botqoq yerlar va qirg'oq ekotizimlarini o'z ichiga oladi.

3 ming 400 tup mevali daraxt ko'chatlari bog'lar va daraxtzorlar maydonini ko'paytirish, yangi ish o'rinlari yaratish hamda viloyat faunasini yanada boyitish imkonini beradi. Bu kelgusida Orolbo'yida oziq-ovqat va ekologik xavfsizlikni mustahkamlaydi.

Loyihaning kompleks yondashuvi, davlat va jamoat tuzilmalari, shuningdek, mahalliy hamjamiyatlarning ishtiroki yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurash va mintaqaning tabiiy salohiyatini tiklashda sa'y-harakatlarni birlashtirish muhimligini ta'kidlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir

20 Mar 12:54
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

21 Apr 08:34
 
36
0
xs.uz

Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar v

15 Apr 07:05
 
29
0
xs.uz

O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis