calendar 24 Aug 06:10
eye 429
comments 0
comments Manba: daryo

“Tutash taqdirlar” seriali aktyorlari oradan 10 yil o‘tib uchrashdi (video)

image

2009-yilda efirga uzatilgan hamda tomoshabinlar mehrini qozongan “Tutash taqdirlar” seriali rejissori Zamira Begimqulova hamda bosh rollar ijrochilari Ja’far Mo‘minov va Nilufar Hamidova MY5 telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.

Foto: YouTube

Ma’lum bo‘lishicha, serial ijodkorlari o‘tgan vaqt ichida biron marta ham birga yig‘ilmagan. Serialdagi Azizbek rolini gavdalantirgan aktyor Ja’far Mo‘minov hozirda AQShda yashaydi.

“Ja’far bilan ‘Gulxan atrofida’, ‘Tutash taqdirlar’ va ‘Opa-singillar’ seriallarida birga ishladik. Ammo ‘Opa-singillar’ oxiriga yetmasdan, menga ham aytmasdan Amerikaga ketib qoldi. Ssenariyga biroz o‘zgartirish kiritib, vaziyatdan chiqib ketdik”, — deydi serial rejissori Zamira Begimqulova.

“Zamira opa bilan 8 yildan buyon ko‘rishmasak-da, Facebook tarmog‘i orqali gaplashib turamiz. Ammo Nilufarni ko‘rmaganimga roppa-rosa 10 yil bo‘ldi. Kuni kecha uy telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, arang bog‘lanishga erishdik”, — deydi serialdagi Azizbek rolini gavdalantirgan Ja’far Mo‘minov.

“Ijodiy guruhni chindan ham sog‘indim, serial orqali qanchadan-qancha muxlislar ko‘nglidan joy olganmiz. Hattoki, partnyorim Jafar bilan ko‘chada yursak, yoshi katta onaxonlar baxt tilab, duo qilgan vaqtlar ham bo‘lgan”, — deydi aktrisa Nilufar Hamidova.

Uchrashuv davomida serialdan o‘rin olgan to‘y sahnasidagi qiziqarli voqealar ham aytib o‘tildi.

“Eng qizig‘i, Nilufar ikkimizning to‘yimiz kuni, kelin-kuyov bo‘lish kartinasida Nilufarning hayotdagi turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi tashrif buyurgan edi. Haqiqatan ham, ajoyib bo‘lgan edi”, — deya yodga oldi aktyor.

Serialdagi uzun sochli kelin ayni damda sochini kesib yuborgan, uning aytishicha, buning sababi odamlarning nazari. “Hatto ko‘cha-ko‘yda sochi o‘zinikimi yoki ulamami, deb tortib ko‘radiganlar ham uchragan”, — deya qo‘shimcha qiladi aktrisa.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
26
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

YEGANDEK BO‘LDIM

«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya

24 Mar 13:25
 
81
0
xs.uz

“Har toshi tarixdir qardosh diyorning...”

Badiiyat olamiXabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta bo