Aktrisa Maryam Uzerli ishtirokidagi eng yaxshi seriallar (foto)

Asli Germaniyaning Kassel shahrida tug‘ilgan, Berlin, Gamburg va Kassel teatrlarida rol o‘ynagan aktrisa Maryam Uzerli 2011-yilda efirga uzatilgan “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram roli bilan mashhur bo‘lgan. Quyida aktrisa ishtirokidagi eng yaxshi seriallar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
“Kecha malikasi” (2016)
Bu serial Maryam Uzerli va Murat Yildirim kabi taniqli aktyorlar ishtiroki bilan juda mashhur bo‘lgan. Serialning dastlabki nomi “Jasorat” keyin “Sevgi hidi” va oxiri “Kechaning malikasi” nomiga o‘zgartirilgan.
Voqealar go‘zal qiz Shirin va bir vaqtning o‘zida unga oshiq bo‘lgan ikki erkak o‘rtasida rivojlanadi. Vaziyat oddiy va qiyin emas. Erkaklardan birining ismi Aziz. Uning ayoli o‘g‘lini dunyoga keltirayotganda vafot etadi. Aziz esa xotiniga bo‘lgan muhabbati tufayli hayotiga yangi ayolning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo Shiringa bir ko‘rishdan oshiq bo‘lib qoladi. Sujet juda qiziqarli va birinchi qismdayoq tomoshabinni o‘ziga jalb etadi.
“Jingez Rejay” (2017)
Aktrisaga ushbu kartinada Kenan Imirzalio‘g‘li partnyor bo‘lgan. Jangovar va komik voqealarga boy bo‘lishiga qaramay, serial juda katta cho‘qqiga erishmadi.
Sujet yo‘lto‘sar Rejay atrofida aylanadi. Uni hamma oliyjanob o‘g‘ri deb ataydi. U yo‘lto‘sarlar guruhiga kirgan va turli xil o‘g‘riliklar bilan shug‘ullanadi. Maryam Uzerlining bu kartinadagi ishtiroki yanada kulgili va qiziqarli.
“Boshqa tomon”
Filmda bosh rollarni Maryam Uzerli, O‘zjan Deniz va Asli Enver ijro etgan.
O‘zjanning sobiq sevgilisi Sara unga boshqa shaharga ko‘chib o‘tishni taklif qiladi. Natijada O‘zjan va uning hozirgi sevgilisi Eje birgalikda ko‘chadi. Ammo Sara O‘zjanga qayta erishish uchun shunday reja tuzganini bilgan Eje izsiz yo‘qoladi. Sujet qiziqarli bo‘lishiga qaramay juda chigal.
“Muhtasham yuz yil”
Tarixiy dalillarga asoslangan, eng yaxshi tanlangan aktyorlarga va ajoyib sujetga ega muvaffaqiyatli serial. Aynan Xurram sulton roli aktrisa Maryam Uzerliga mashhurlik olib kelgan.
“Onamning yarasi”
Bu film 2016-yilda suratga olingan. Bosh rollarni Okan Yalabik, Meryem Uzerli, O‘zan Guven, Mehmet Ergenlar ijro etgan.
Film yetimxonani tashlab, fermaga ishga kirgan Solih ismli yetim bola haqida hikoya qiladi. Aslida bola ota-onasini topishga, ular haqidagi haqiqatni bilishga harakat qiladi. Maryam Uzerlining bu filmdagi obrazi uning ijodidagi eng takrorlanmas rollardan biridir.
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
“Har toshi tarixdir qardosh diyorning...”
Badiiyat olamiXabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta bo