calendar 17 Aug 10:31
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir

3 yoshli ukasini qasddan o'ldirgan opaga sud hukmi o'qildi

image
image

Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxiatosh tumanida 3 yoshli o'gay ukasini bo'ynidan bo'g'ib o'ldirgan 10-sinf o'quvchisiga sud hukmi o'qildi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 22 yanvar kuni soat 18:40 larda, uyida onasi va ugay otasi yo'q paytida V.A.ning oldiga 2016 yilda tug'ilgan o'gay ukasi S.A keladi va birga o'yin o'ynashni so'raydi. Ko'pdan buyon alamini ichiga yutib yurgan o'smir qiz o'gay ukani avval qo'llari bilan uradi, buynini qo'llari va shu yerda yotgan oq rangli metall sim bo'lagi bilan bug'a boshlaydi. 

Sim qo'lida turmaganligi sababli buynidan ayollar rumoli bilan bug'adi. 3 yoshdagi bolakay bu harakatlarga faol qarshilik ko'rsata olmasdi va u hushini yo'qotib chala jon bo'lib qoladi. Qiz ukasining o'lganiga ishonch hosil qilish maqsadida uning nafas olish yo'llariga havo keltirmaslik uchun yuzini 15 minutgacha yostiq bilan bosib turib, o'ta shafqatsizlik bilan qasddan o'ldiradi.

Avvaliga qiz ukasining o'limi qanday sodir bo'lganini yashirgan. Faqatgina sud-tibbiy ekspertizasi orqali keltirilgan dalillardan keyingina qiz tan olgan.

Voyaga yetmagan V.A.ga O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 85-moddasi 2-qismining "v" bandiga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ahrorbek Hayrullayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal

23 Mar 16:43
 
52
0
xs.uz

Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda

Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilg

04 Apr 16:18
 
39
0
xs.uz

Hayotini gazetaga bagʻishlagan fidoyi jurnalist

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumani hokimligi bosh nashri 'Istiqbol yoʻli' gazetasi bosma davriy nashrlar jiddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan keyingi yillarda muntazam ravishda nashr etib kelinayotgani eʼtiborga molik. Boisi, tanqidiy chiqishlari, qilichdek keskir soʻzi bilan tanilgan gazetaning doimiy oʻquvchilari bor.Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati

24 Mar 13:25
 
82
0
xs.uz

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv shaklda amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o'tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko'rsatilishi belgilandi.Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qil