calendar 10 Aug 10:31
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir

Putin ginalarga qaramay Lukashenkoni qutladi

image
image

Avvalroq, Belarusda o'tkazilgan prezidentlik saylovida amaldiga davlat rahbari Aleksandr Lukashenko katta farq bilan g'oli bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Markaziy saylov komissiyasining rasmiy axboroti eʻlon qilinishi bilan Lukashenkoga davlatlar rahbarlaridan tabriklar kela boshladi.

Birinchilardan bo'lib Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Aleksandr Lukashenkoni qutladi. Undan keyin Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart To'qayev tabrik yo'lladi. Jumladan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Belarusga tabrik yo'lladi.

Lukashenko katta akam deb atagan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham o'zaro munosabatlardagi keskinlikka qaramay, Belarus rahbarini qayta saylangani bilan tabrikladi. Xususan, Putinning tabrigida shunday deyilgan:

"Sizning siyosiy faoliyatingiz Rossiya-Belarus munosabatlarining har sohada rivojlanishiga xizmat qiladi, degan umiddaman. Ittifoqchi davlat kelishuvi, Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi, MDH hamda Jamoaviy xavfsizli to'g'risidagi shartnoma tashkiloti doirasida hamkorlikgimiz yanada chuqurlashishiga ishonaman.

Bu shubhasiz, Rossiya va Belarusning qardosh xalqlari manfaatiga javob beradi".

Maʻlumot uchun, saylovda Lukashenko 84,23 foiz, uning eng yaqin taʻqibchisi Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz to'pladi. Saylovda qatnashganlarning 6,02 foizi hyech bir nomzodni qo'llab-quvvatlamadi.

Shu tariqa 26 yildan beri davlatni boshqarayotgan Lukashenko yangi muddatga saylandi.

Ammo kecha, 9 avgust kuni Lukashenko saylovda g'alaba qozongani haqidagi xabar tarqalishi bilan Minskda namoyishlar bo'lib o'tdi. Odamlar va kuchishlatar tuzilma xodimlari o'rtasida to'qnashuvlar bo'ldi. Noroziliklar vaqtida bir odam halok bo'lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
53
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст