calendar 06 Aug 15:30
eye 80
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 6 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
81 0 0

Bir sutka davomida 761 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 28 315 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 761 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 28 315 nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 609 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 19 291 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 849 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 800 nafari og'ir, 230 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Toshkent shahar  Mirzo Ulug'bek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. (ayol), Shayxontohur tumanida yashagan 51 yoshli A.B. (erkak), Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 37 yoshli N.O. (ayol) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 175 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Bog'chalar faoliyati tiklanishi

Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida koronavirus pandemiyasi sababli to'xtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Pandemiya sharoitida MTTlarda ish jarayoni qanday tamoyillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi. 

Mehnat bozorini tiklash

Rossiya Federatsiyasidagi Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti raisi o'rinbosari Denis Mishchenko boshchiligida "Renaissance Heavy Industries" va "Яmata Яtirim İnşaat Turizm ve Ticaret Anonim Şirketi" kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiya aʻzolari bilan Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari va xalqaro iqtisodiy hamkorlik departamenti hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida uchrashuvlar o'tkazildi.

Uchrashuvlarda pandemiya sharoitida mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, O'zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularga kasb va til o'rgatish kabi masalalar muhokama etildi.

Muloqot davomida pandemiyadan keyin mehnat bozorini tiklash, epidemiologik vaziyatda o'zbekistonlik mehnat migrantlari xavfsizligini taʻminlash, ularni tartibli, manzilli va tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish hamda ishchilar uchun zaruriy mehnat sharoitlari yaratilib, buning uchun ish beruvchi tashkilot kafil bo'lishi lozimligini taʻkidladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 19,0 millionga yetdi, 706 ming kishi vafot etdi, 11,3 kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (4,8 mln), Braziliyada (2,9 mln), Hindistonda (2,0 mln).

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

08 Jun 02:26
 
40
0
xs.uz

8-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'Oʻzgidromet' 8-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 33-35html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

18 Jun 21:55
 
17
0
xs.uz

Obod mahallada obod koʻngil boʻladi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Bugun mamlakatimizda mahallalar qiyofasi yangilanib bormoqda. Koʻp qavatli uylar, koʻcha va yoʻlaklar taʼmirlanib, hududlar obodonlashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari qaysi viloyatga tashrif buyurmasin, uyma-uy yurib har bir oilaning talab-istaklarini oʻrganish, muammosi boʻlsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini taʼkidlamoqda. Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi oʻzga

13 May 14:37
 
46
0
xs.uz

Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-may kuni qabul qilingan 78-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.Farmonga koʻra, akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼli