calendar 05 Aug 17:30
eye 57
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 5 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
400 0 0

Bir sutka davomida 507 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 27 554 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 507 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 27 554  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 631 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 18 682 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 703 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 619 nafari og'ir, 208 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. (erkak), Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. (erkak), Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. (erkak) hamda Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) vafot etdi.

O'zbekistonda umumiy hisobda 169 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Himoya kombinezoni

O'zbekistonda 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarish boshlandi. "Cotton Road" qo'shma korxonasi Germaniyaning "SHT GmbH" va Shveytsariyaning "ЧT Switzerland AG" kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Evropaning so'nggi "HeiQ Viroblock" innovatsion ishlanmasini o'zlashtirdi.

Ushbu innovatsion texnologiya Shveytsariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Chegarada qolganlar uchun poyezd

Samara yaqinida to'plangan mingga yaqin o'zbekistonlik 7 avgust kuni poyezd bilan olib ketiladi. Poyezd Samara viloyati Kinel stantsiyasiga yetib keladi. Fuqarolar chiptani o'z hisobidan sotib olishi kerakligi to'g'risida ogohlantirildi: narxi 10 ming rubl.

Kuni kecha Samara viloyatidagi RF-Qozog'iston chegarasida migrantlar va huquq tartibot organ xodimlari o'rtasida to'qnashuv yuz berdi. Mojaro tezda bataraf etildi.  

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 18,5 millionga yetdi, 700 ming kishi vafot etdi, 11,1 kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (4,8 mln), Braziliyada (2,8 mln), Hindistonda (1,9 mln).

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
48
0
xs.uz

Misrda Mahmud Koshg‘ariyning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endDevonu lug‘otit turkhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end asari arab alifbosida qayta chop etildi

Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi ma'lum qildi.Xabarga ko'ra asarning qo'lyozma nusxasida turkiy so'zlar bo'g'inlar va harflar soni asosida saralanganligi bois yosh tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug'dirayotgan edi. Ushbu noyob kitobning tizimlashtirilgan nashri O'zbekiston va boshqa turkiy hamda arab davlatlaridagi yirik universitetlar va kutubxonalarga yetkaziladi. Rangli qog'ozda chop etilgan kitob muqovasida Mahmud Koshg'ariyning dunyo xaritasi aks ettirilgan. Kitobxonlar mazkur asar tarj

18 Apr 11:07
 
20
0
xs.uz

18-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulu

20 Mar 12:53
 
60
0
xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30

22 Mar 08:54
 
52
0
xs.uz

Toshkent viloyatida Navroʻz katta tantana bilan nishonlandi — Fotoreportaj

Toshkent viloyatida 'Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navroʻz umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.​​Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilyonlar oʻrtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.​​​​​Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali bayram dasturi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barch