Kadrlar bilan ishlashda yangi gʻoyalar va tendensiyalar muhokama qilindi


Soʻnggi yillarda yurtimiz turli yirik anjumanlar, yaqin sherikchilik va hamkorlik, gʻoyalar hamda innovatsiyalar almashinuvi uchun muhim, qulay maydonga aylanmoqda.
Poytaxtimizda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Latviya Respublikasi Moliya va shartnomalar markaziy agentligi hamkorligida “Davlat xizmatida isteʼdodli shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro davra suhbati ham bunga yaqqol misoldir.
Davra suhbatida vazirlik va idoralarning rahbar kadrlari, inson resurslarini boshqarish boʻlinmalari xodimlari, olimlar, chet el mutaxassislari, diplomatik korpus vakillari hamda Angliya, Germaniya, Latviya, Fransiya, BAA, Koreya, Singapur, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan soha ekspertlari, davlat xizmatchilari ishtirok etdi.
Tadbir davlat xizmatini rivojlantirishda salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish muammolari, isteʼdodli shaxslarni davlat xizmatiga jalb qilishning zamonaviy hamda samarali mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Xalqaro davra suhbatining ochilish marosimida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Hasanov Oʻzbekistonda davlat xizmati sohasini isloh qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirdi.
— Bugun Oʻzbekiston Prezidenti boshchiligida yurtimizda barcha sohalarda keng miqyosdagi oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Barcha sohalar qatori taʼlim va insonning rivojlanishi uchun ham shart-sharoitlar yaratilmoqda, — dedi O. Hasanov. — Xususan, davlatimiz rahbarining “davlat xizmatchisi, avvalo, xalq xizmatchisi boʻlishi shart”, degan siyosiy irodasini roʻyobga chiqarish boʻyicha tashkiliy-huquqiy va kompleks amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shuningdek, bugun Oʻzbekistonda natijador, ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish strategik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ochilish marosimidan soʻng, davra suhbati panellarda ishini davom ettirdi.
Birinchi panelda noaniqlik sharoitida ishchi kuchini rejalashtirish: turli modellar va instrumentlar, ikkinchisida yuqori boʻgʻin davlat xizmati: liderlik uchun kompetensiyalar, rekrutment va karyera mobilligi masalalari muhokama qilindi. Uchinchi panelda ham davlat fuqarolik xizmati sohasidagi muhim masalalar muhokamasi boʻldi. Unda isteʼdodli shaxslar salohiyatidan toʻgʻri foydalanish, eʼtirof qilish, ish va shaxsiy hayot oʻrtasida muvozanatni taʼminlashga qaratilgan amaliyotlar yuzasidan tajriba almashildi.
— Tashkilotimiz dunyodagi eng ilgʻor amaliyotlarni oʻzida mujassamlashtirgan, — deydi BMT Xalqaro davlat xizmati komissiyasi raisi Larbi Djakta. — Biz Oʻzbekistonda Prezident tomonidan belgilab berilgan strategiyani amalga oshirishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri Alisher Eranovning aytishicha, har bir davlat kadrlar bilan ishlash sohasidagi faoliyatini zamonaviy standartlar asosida yangilab borishi kerak. Bu borada davlatlar oʻzaro tajriba almashib turishi juda muhim. Turli modellar va instrumentlarni qoʻllash, kompetensiyalarni rivojlantirishda sinovdan oʻtgan amaliyotlar qoʻl keladi.
Taʼkidlash joizki, xalqaro muloqot davomida kadrlar siyosati va davlat xizmatidagi zamonaviy trendlar, yangi gʻoyalar va yondashuvlar muhokama qilindi, isteʼdodli shaxslar, xususan, yoshlarni davlat xizmatiga keng jalb qilish boʻyicha oʻzaro tajriba almashildi.
Davra suhbati soʻnggida ekspertlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda jamoatchilik vakillari fikr-mulohazalari, takliflari yuzasidan xulosalar eʼlon qilindi.
Gulchehra Ashurova, jurnalist.
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Prezident AQSh bojlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yigʻilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining Oʻzbekistonga taʼsirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.Avvalo, davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga toʻxtaldi.'Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar b
Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlar tadbirkorlarga toʻsiq boʻlayotganini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida global iqtisodiy holatga toʻxtalib oʻtildi.'Takror va takror aytaman ' 'hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi' deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak', dedi davlatimiz r
Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo