
Qizilqum shimoliga qish ancha erta keladi. Mabodo qor qalinroq yogʻib, yoʻllar yopilib qolsa, ushbu kengliklarda istiqomat qilayotgan Uchquduq va Tomdi tumanlarining aholisiga kundalik ehtiyoj mahsulotlarini yetkazish anchagina qiyinchilik tugʻdiradi. Shu bois ushbu hududlarda kuz-qish mavsumiga zaxira tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilib, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan tashqari yoqilgʻi moylash materiallari ham issiq-iliq kunlarda gʻamlab olinadi. Xususan, ayni kunlarda uchquduqliklarning suyultirilgan gazdan tashvish tortmasliklarining choralari koʻrilmoqda.
— Bugungi kunda tumanimiz boʻyicha jami 9 ming 710 ta aholi isteʼmolchilari suyultirilgan gazdan foydalanayotgan boʻlib, ularning 2947 tasiga maishiy gaz ballonlari, 6763 tasiga esa gazgolder kurilmalaridan gaz kuvurlari yordamida ushbu neʼmat yetkazib beriladi, — deydi “Uchquduqtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi suyultirilgan gaz xizmati boshligʻi Shahboz Toshmurodov. — Ushbu aholi isteʼmolchilariga tumanimizda maxsus rusumli avtotransport vositalari xizmat koʻrsatadi. Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida transport vositalarimiz shay holatga keltirilib, yetarli miqdorda gaz ballonlar zaxirasi yaratilgan.
Tumanda “Uchquduq” gaz toʻldirish stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. Ushbu stansiya 270 — 280 tonnagacha suyultirilgan gazni qabul qilib olish quvvatiga ega boʻlib, asosan uchquduqliklar, zaruriyat tugʻilganida esa Zarafshon shahri va Tomdi tumani isteʼmolchilarini ham suyultirilgan gaz bilan taʼminlaydi.
Gaz toʻldirish stansiyasida kuz-qishki mavsumiga tayyorgarlik doirasida 200 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz zaxirasi yaratildi. Mazkur maskandan bir kunda gazgolder qurilmasi orqali 6 tonnadan 9 tonnagacha, maishiy gaz ballonlar orqali esa 2 tonnadan 4,2 tonnagacha suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga joʻnatiladi.
— Bu 20-25 kunga yetadigan miqdorda zaxira yaratildi, demakdir, — deya davom etadi Sh. Toshmurodov. — Albatta, shu muddat ichida gaz sigʻimlari yana toʻldiriladi.
“Hududgaztaʼminot” AJ Navoiy gaztaʼminot filiali tomonidan OAVlari vakillari uchun uyushtirilgan press-turda jurnalistlar “Uchquduq” gaz toʻldirish stansiyasi faoliyati bilan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, press-tur ishtirokchilari viloyatning Zarafshon shahrida energiya tejamkor gaz uskunalarini oʻrnatish, uning afzalligi borasidagi targʻibot-tashviqot ishlari hamda hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning ahvolini oʻrganib, isteʼmolchilarning fikr- mulohazalari va takliflarini tinglashdi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo
Andijondagi boʻsh yotgan barcha yer va binolar auksionga chiqariladi
Bu obyektlar qulay shart asosida sotilsa, tadbirkorlar loyiha qilib, ish oʻrni yaratadi.Masalan, Andijon shahri endokrinologiya markazidagi 20 sotix, yonidagi 1-son poliklinikaning 30 sotix boʻsh yeri auksionga chiqsa, tadbirkor 20 million dollarlik 600 oʻrinli xususiy tibbiyot markazi qurmoqchi. Yoki, Andijon tumani Oʻrikzor mahallasidagi taʼmirtalab 'Oʻquvchi yoshlar markazi' auksionga qoʻyilsa, bu yerga 35 million dollar investitsiya kiritib, jami 6 ming oʻrinli bogʻcha, maktab, texn
Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi
Turkiyada shu kunlarda boʻlayotgan turli norozilik namoyishlari va ommaviy yigʻilishlar sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni'ehtiyotkorlikka chaqirdi.Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.Xavfsizlikn
Samarqandda noqonuniy qum qazib olgan korxona tabiatga 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazdi
Samarqand viloyatidagi Qoradaryo daryosi hududidan qum-shagʻal noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, boshqarma tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirilgan. Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib ol