Xanchjou — 2022: Yana bir dasturda finaldamiz

Eshkak eshish bahslarida tonggi bellashuvlar yakunlandi.
Soʻnggi dasturda startga chiqqan baydarkachi yigitlarimiz kvarteti final masalasini ijobiy hal qilishdi.
500 metrga kechgan saralashda D.Onufriev, U.Ibragimov, S.Haydarov va O.Amrdiddinovdan iborat jamoamiz uchinchi natija bilan finalga chiqdi.