Oʻzbekiston delegatsiyasi gʻaznasi, dyuzdochilarimiz tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan boyidi

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Bayroqdorimiz Muzaffarbek Toʻraboyev dzyudo boʻyicha -100 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritib, ushbu Osiyo oʻyinlaridagi beshinchi oltin medalimizni keltirdi. Hamyurtimiz qiziqarli kechgan final bahsida moʻgʻulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni magʻlubiyatga uchratdi.
Dzyudochimiz Davlat Bobonov delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi. -90 kg vazn toifasining finalida ishtirok etgan polvonimiz qirgʻizistonlik Yerlan Sherovga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.
Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan dzyudochimiz Alisher Yusupov ham Osiyo oʻyinlari sovrindorlari qatoridan joy oldi. Yurtdoshimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Xyoga Ota ustidan gʻalaba qozonib, delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi.
Dzyudochilarimizdan yana bir medal. Irisxon Qurbonboyeva -78 kg vazn toifasining bronza medaliga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda moʻgʻulistonlik Xuslen Otgonbayarni magʻlub etdi.
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»