Joriy yil sentyabr oyida paxta yigʻim-terimi davrida mehnat huquqlari buzilishiga oid 191 ta murojaat kelib tushgan


Foto: “Xalq soʻzi”
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov maʼlum qildi.
Ushbu murojaatlarning 11 tasi munosib mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 13 tasi terim pullari oʻz vaqtida berilmayotganligi, 167 tasi 1 kg teriladigan paxtaning narxi toʻgʻrisida boʻldi.
Hududlarda tashkil etilgan Ishchi guruhlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilib, shulardan, 4 ta murojaat qanoatlantirildi, 177 ta murojaat boʻyicha terimchilar va fermer xoʻjaliklariga tushuntirish berildi, 10 ta murojaat esa oʻz tasdigʻini topmadi.
Shuningdek, ishchi guruhlar tomonidan hududlarda paxta yigʻim-terimida ishtirok etgan terimchilarga yaratilgan mehnat sharoitlarining holati, fuqarolarga nisbatan majburiy mehnat va bolalar mehnatining oldini olish maqsadida, 592 ta obyektda (64 ta klaster va 428 ta fermer xoʻjaliklarida) monitoring ishlari, targʻibot va tushuntirishlar amalga oshirildi.
Agar paxta yigʻim-terimi mavsumida mehnat huquqlaringiz buzilishi sodir boʻlsa yoki shu kabi holatlarga guvoh boʻlsangiz, vazirlikning 1176 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” hamda “Munosibmehnat.uz” telegramm botiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi
Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani
18-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulu
Qadriyatlarga hamohang ayyom
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30
Idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi
Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini'belgilab berdi.Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqoʻm, Veterinariya qoʻmitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta koʻrib chiqiladi.Shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlg