6 nafar farzandning onasi boʻlgan mahkuma ayolning murojaati Bola huquqlari boʻyicha vakil nazoratiga olindi


Ayol... Dunyoda unga koʻpgina ijobiy taʼriflar berilgan. Haqiqatan ham nozik hilqat vakilalariga qancha chiroyli taʼrif-u tavsiflar keltirsak, shuncha oz. U – mushtipar ona, sevikli yor, mehribon opa, mehribon singil...
Ayol nozik jussasida butun hayot tashvishlarini koʻtarib yurishi mumkin. Ammo hayot har doim ham shodlikdan iborat emas. Unda azob, nafrat, qiyinchiliklar ham uchrab turadi. Hayotning chalkash yoʻllari uni gohida jinoyat koʻchasiga yetaklaydi.
Bola huquqlari boʻyicha vakil nomiga mahkuma R.H. ariza bilan murojaat qilib, marhum eri ichkilikka ruju qoʻygan, oiladagi kelishmovchiliklar, nizolar, ayolning tinimsiz hoʻrlanishi ayolning ruhiy holatiga qattiq taʼsir qilib kelgan. Erining navbatdagi ichib kelishi va harakatlari ayolning gʻazabini qoʻzgʻotgan va jahl ustida erini bolta bilan urishi oqibatida eri vafot etgan.
Ayol hozirda jazoni ijro etayotganligini, qonuniy nikohidan 6 nafar farzandlari borligini, 5 nafar farzandi akasining qaramogʻida qolganligi, akasining oʻzining 3 nafar farzandi borligi, oltinchi farzandi oʻzi bilan jazoni ijro etish muassasasi ichidagi bolalar uyida tarbiyalanib kelayotganligini maʼlum qildi.
U 15 yil marhum turmush oʻrtogʻi bilan yashagan uy qaynotasining nomida boʻlgan. Shundan soʻng qaynotasi ayol va uning bolalariga uyni berishdan bosh tortgan. Ayol qilmishidan pushaymonligi, hozirda bolalarining yashash joyi yoʻqligi, bolalari qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi ularga yordam berilishini soʻrab Bola huquqlari boʻyicha vakil nomiga murojaat qilgan.
Bugun Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili Aliya Yunusova Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 21-sonli jazoni ijro etish muassasasida boʻldi.
Bola huquqlari boʻyicha vakil jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurib, mahkuma R.H. bilan uchrashdi. Suhbat davomida uni qiynayotgan masalalar bilan batafsil tanishdi. Toʻplangan hujjatlarni oʻrganish asosida bu 6 nafar farzandning eng ustun manfaatlarini taʼminlanishi borasida ishlar boshlandi. Yuqoridagi holat Bola huquqlari boʻyicha vakil tomonidan toʻliq nazoratga olindi.
Tungi klubda bir necha kishini kaltaklagan shaxs Qozogʻistondan ekstraditsiya qilindi
Toshkentdagi tungi klubda sherigini himoya qilishga uringan erkak ayovsiz kaltaklanishi oqibatida komaga tushib qolgani haqida'xabar berilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan erkak tergovdan qochib, qoʻshni Qozogʻistonda'qoʻlga olinganidan'soʻng, Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati'maʼlum qildi.Bildirilishicha, hozirda Akmal Shukurov Qozogʻiston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilingan va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.'Mazkur hol
Buxoroda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” toʻrt jildligi taqdimoti oʻtkazildi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro davlat universitetida 'Alisher Navoiy ensiklopediyasi' toʻrt jildligi hamda zahmatkash olim Ibrohim Haqqulning 'Navoiyga qaytish ' 5', 'Mushohada yogʻdusi ' 3', 'Soʻzboshi: irfon va ishonch' kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda adabiyotshunos olim va tadqiqotchilar, talaba yoshlar, sheʼriyat ixlosmandlari ishtirok etdi.Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek tilini rivojlantirish
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu
“Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Xabarda testga yuborilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilmagani va bu juda muhim omil ekanini qayd etgan.'Avtomobilni testga yuborishdagi holatlar va testlar qanday sharoitda oʻtkazilgani bizga nomaʼlum. Shu sababli, biz test natijalariga norozilik bildiramiz. Shaffof va obyektiv sinovlar orqali 'Leapmotor' mahsulotlarining haqiqiy holati baholanishiga umid qilamiz' deyiladi izohda.Kompaniya mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlayotganini va test