calendar 06 Jun 14:21
eye 76
comments 0
comments Manba: xs

Fargʻonada Xitoy texnologiyasi asosida muzqaymoq ishlab chiqarilmoqda

image

Foto: “Xalq soʻzi”

U ichki bozor raqobatiga dosh bera oladimi?

Fargʻona viloyatining Toshloq tumanidagi “Yoshlar” kichik sanoat zonasida yaqinda ish boshlagan “Ice milk bif” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi muzqaymoqlar tobora xaridorgir boʻlib bormoqda.

Ayni paytda korxonaning sifatli va hamyonbop salqin mahsulotlari butun mamlakatimiz boʻylab savdo tarmoqlari, supermarketlarga yetkazib berilayotir. Ayniqsa, bugungi yozning jazirama kunlarida muzqaymoqqa boʻlgan talab va ehtiyoj har qachongidan ham yuqori. Buni inobatga olgan holda korxona sexlarida qadoqlanayotgan muzqaymoqlar peshma-pesh savdo nuqtalariga yetkazilyapti.

— Istiqbolli loyihani amalga oshirish uchun Xitoydan 6 mlrd soʻmlik zamonaviy uskunalar olib kelib oʻrnatildi,— deydi tadbirkor Fazliddin Dadajonov. — Natijada 30 ta yangi ish oʻrni ochildi, buyurtmachilar talabiga mos 10 turdagi muzqaymoq tayyorlanmoqda. Biz ichki bozorda raqobatga dosh berib, xaridorlar ishonchini qozonishga intilamiz. Bu oson boʻlmaydi, chunki oʻz brendiga ega salqin mahsulot ishlab chiqaruvchilar safi tobora kengayib bormoqda.

Hozirgi kunda “Yoshlar” kichik sanoat zonasida 80 sotix yerda samarali faoliyat koʻrsatayotgan yosh tadbirkor yaqin istiqbolda loyiha doirasida qoʻshimcha tarmoqlarni ishga tushirishni maqsad qilgan. Buning natijasida kelgusida toshloqlik 60 nafar yigit-qizning bandligi taʼminlanadi.

— Tadbirkorlikda zamonaviy yondashuv, innovatsiya, marketing ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega, — deydi F. Dadajonov. — Ayni jihatlarni inobatga olib, yaqin va uzoq muddatli biznes-loyihalarni ishlab chiqqanmiz. Maqsadimiz – xalqimiz didiga mos va xushtaʼm muzqaymoqlar tayyorlashga qaratilgan.

Taʼkidlash oʻrinliki, joriy yilning birgina may oyida korxonada 60 tonna muzqaymoq tayyorlanib, ulgurji narxlarda xaridorlarga yetkazildi va shu hisobdan 200 mln soʻm daromad olindi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe

13 Jun 09:59
 
88
0
xs.uz

Eronda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi, raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan Oʻzbekiston elchixonasi Erondagi Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi xabar berdi.Elchixona Oʻzbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qilgan.'Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar v

15 Jun 10:46
 
88
0
xs.uz

Fargʻonada hujra tashkil qilib, bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi

Fargʻona viloyatida uyida hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, 9-iyun kuni DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Rishton tumani 'Yuqori Avazboy' MFY Ittifoq koʻchasida yashovchi shaxs uyida hujra sharoitida 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.Bolalarning 4 nafari

17 May 21:46
 
52
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala