Omonjon Otajonov debyut jahon chempionatidayoq bronza medalini qoʻlga kiritdi!

Foto: MOQ

Ozarbayjonda oʻtayotgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatining bugungi kunini Oʻzbekiston terma jamoasi bronza medali bilan yakunladi. -54 kg vazn toifasida bahs olib borgan Omonjon Otajonov musobaqani uchinchi oʻrinda tugatdi.

Yurtdoshimiz shiddatli yarim final jangida janubiy koreyalik Taye-Jun Park bilan bahs olib bordi. Afsuski, bellashuvda Otajonov 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi. Qayd etish joiz, bu yosh sportchimizning kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida debyut ishtiroki edi.