calendar 02 Jun 12:52
eye 63
comments 0
comments Manba: zarnews

Triatlon: Samarqand uch kun davomida nufuzli sport musobaqasiga mezbonlik qiladi

image

9-10-11 iyun kunlari Samarqand shahrida triatlon bo'yicha "2023 Asia Triathlon Cup Samarkand" xalqaro musobaqasi va O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi. Ushbu nufuzli sport musobaqasini o'tkazishga tayyorgarlik qanday? Unda necha davlatdan qancha sportchi qatnashadi? Musobaqa va chempionatni har tomonlama sifatli o'tkazish uchun imkoniyatlarimiz qanday? Xavfsizlik-chi?

Viloyat Matbuot uyida viloyat hokimining o'rinbosari Rustam Qobilov va boshqa mutasaddilar ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida shu kabi savollarga javob izlandi.

- Sportning triatlon turi o'ta murakkab va bunday musobaqani har qanday davlat ham o'tkaza olmaydi, - deydi R.Qobilov. - Samarqand shahrida esa triatlon xalqaro musobaqasini o'tkazish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar bor. Eng muhimi, hududimizda xalqaro suzish talablariga javob beruvchi eshkak eshish kanali mavjud. Shu bois 9 iyun kuni O'zbekiston tarixida ilk bor «Para-triatlon bo'yicha Samarqand – 2023 Osiyo chempionati» bo'lib o'tadi. Unda dunyo davlatlaridan 80 ta para-sportchi ishtiroki rejalashtirilgan. Para-sportchilar SPRINT masofasida (750 metr suzish, 20 kilometr velosipedda harakatlanish, 5 kilometr yugurish) o'zaro raqobatlashadi.

10 iyun kuni «Samarqand – 2023 Osiyo triatlon kubogi» bo'lib o'tadi. unda dunyoning eng yaxshi sportchilari: 50 nafar ayol va 50 nafar erkak ishtirok etadi. Shu kuni Osiyo kubogi doirasida Markaziy Osiyo sportchilari o'rtasida (CATA – Central Asia triatlon Association) alohida musobaqa va taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

11 iyun kuni «Samarqand – 2023, triatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati» bo'lib o'tadi. Unda STANDART va SUPER SPRINT masofalarida Elite, U23, 15-17 yoshlar va 16-19 yoshli o'smirlar o'rtasida triatlon bo'yicha milliy va yoshlar terma jamoasiga saralash o'tkaziladi. Shuningdek, shu kuni shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda professionallar toifasiga kirmagan, 300 nafar havaskor triatlonchilar ishtirok etadi. Ushbu musobaka ikki masofada o'tkaziladi: Olimpiya (1500 metr suzish, 40 kilometr velosipedda harakatlanish, 10 kilometr yugurish) va Super-sprint (350 metr suzish, 13 kilometr velosipedda harakatlanish, 3 kilometr yugurish).

Musobaqaning asosiy qismi Samarqand eshkak eshish kanali hududi - "Buyuk ipak yo'li" xalqaro sayyohlik majmuasida bo'lib o'tadi. Ammo triatlonning velosipedda harakatlanish qismi Samarqand shahri bo'ylab o'tkaziladi. Buning uchun shahar va unga tutash Samarqand tumani hududidagi yo'llar vaqti-vaqti bilan yopiladi. Sportchilar va tomoshabinlarning xavfsizligini taʻminlash uchun ichki ishlar organlari, milliy gvardiya xodimlari hamda ko'ngilli volontyorlar xizmatidan foydalaniladi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga atroflicha javob berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
363
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.