calendar 29 May 11:52
eye 61
comments 0
comments Manba: zarnews

Ishda ham, sportda ham faol ayollar

image

Samarqand shahrida "Biz sportchi qizlarmiz" shiori ostida sport maktablarining ayol xodimlari o'rtasida mini futbol bo'yicha anʻanaviy musobaqaning respublika II hududiy bosqichi o'tkazildi.

O'zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi federatsiyasi tashabbusi bilan bo'lib o'tgan musobaqada Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoalari bahs olib bordi.

Ikki kun davom etgan musobaqa yakuniga ko'ra, Samarqand viloyati jamoasi Buxoro viloyati jamoasi ustidan g'alaba qozonib, respublika final bahsi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin Xorazm viloyati jamoasiga nasib etdi.

Kecha musobaqa ishtirokchilarini taqdirlash tadbiri o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Sh.Dehqonov, O'zbekiston Oliy Majlisi Senati aʻzosi F.Toshev, viloyat hokimining o'rinbosari R.Qobilov va boshqalar keyingi yillarda ommaviy sportga, ayniqsa, xotin-qizlar sportiga eʻtibor ortib borayotgani eʻtirof etildi. Kelgusida xotin-qizlar o'rtasida boshqa sport tadbirlarini ham kasaba uyushmasi hamkorligida o'tkazishga kelishib olindi.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan hamkor tashkilot rahbarlari hamda faxriy sportchilarga Kasaba uyushmasi tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Barcha g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Husan ELTOEV.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
363
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.