calendar 26 May 09:50
eye 65
comments 0
comments Manba: zarnews

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda

image

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, dam olish kunlari O'zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim tog'li hududlarida va Farg'ona vodiysi viloyatlarida bugun va ertaga qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin.

Respublikaning shimolida va cho'l hududlarida baʻzi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Juma kuni kunduzi havo harorati +28…+33 daraja, shimolda va cho'l hududlarda 35 gacha, janubda 37 darajagacha atrofida bo'ladi. Dam olish kunlari havo harorati sekin ko'tariladi va +32…+35, shimolda va cho'l hududlarda +35…+37 darajani tashkil etadi.

Bunday harorat foni may oyi oxiri uchun bo'lgan meʻyoriy qiymatlarga yaqindir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

31 May 08:50
 
31
0
xs.uz

Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi

Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b

31 May 08:50
 
38
0
xs.uz

Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi

Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal

31 May 08:51
 
112
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava