calendar 20 May 17:28
eye 80
comments 0
comments Manba: xs

Taraqqiyotning yangi bosqichida

image

Foto: «Xalq so‘zi»

Bugun mamlakatimiz  iqtisodiyotining barcha ustuvor tarmoqlarida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan investision  dasturlar, innovasion loyihalar,   texnologik  yangilanishlar eng avvalo respublikamiz qudratini yanada oshirish, xalqimiz farovonligini ta’minlash, ertangi kunga ishonchini orttirishga  qaratilgan. Mazkur islohotlar natijalarini Qizilqum kengliklarida  “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy uran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DM faoliyati misolida ham yaqqol kuzatish  mumkin.

    Garchand NKMK faoliyati tufayli o‘tgan asrning ikkinchi yarmi “Qizilqumning oltin asri hisoblansa-da”,  yangi asr  korxona tizilmalarida tub islohotlarni amalga oshirish,  keng ko‘lamdagi rekonstruksiya va modernizasiya tadbirlari zarurligi va ruda qazib olishdan tortib, uning transportirovkasi, oltin va uran ajratib olishdan, affinajgacha barcha-barchasida eng ilg‘or texnologiyalarni joriy etish fursati allaqachon yetgan  edi.

    Shu jihatdan Respublikamiz Prezidentining  tashabbusi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirishning 2017-2026 yillarga mo‘ljallangan bir yo‘la ikki dasturining qabul qilinishi Qizilqum qazilma boyliklarini o‘zlashtirish tarixida yana bir oltin sahifani ochdi, desak, mubolag‘a emas. Chunonchi, birgina “NKMK” AJning investisiya dasturida gidrometallurgiya zavodlarini qurish, qimmatbaho metallarning yangi konlarini ochish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish va texnik qayta jihozlash, shuningdek, innovasion va ilm-fan va texnika yutuqlarining ilg‘or tajribalaridan foydalangan holda texnik eskirgan texnologik uskunalarni almashtirishga yo‘naltirilgan ustuvor investisiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur dasturlar Respublikamiz Prezidentining 2022 yil 20 dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilagan besh yildan keyin mamlakatimizda oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 150 tonnagacha yetkazishdek ulkan marrani zabt etish   imkonini beradi.  Albatta, bu salmoqli marra zamirida  mamlakat rahbarining korxona  ahliga yuksak ishonchi, jamoaning esa ulkan mas’uliyatli vazifani uddalash yo‘lidagi jahdu-shijoati mujassam. 

   NKMK jamoasi joriy yilgi kasb bayramlarini dilda ana shunday shukuh va sharaf hissi bilan kutib oldilar. Bayram munosabati bilan “Farhod” Madaniyat saroyida o‘tkazilgan tadbirga soha faxriylari, mehnat ilg‘orlari va  viloyat faollari hamda  kombinat bilan doimo birga bo‘lgan “Navoiyuran” va “NKMK jamg‘armasi”ning fidoyi mutaxassislari taklif etildi.

Ishtirokchilar  timsolida barcha  konchi va metallurglarni  “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov bayram bilan  qutlab, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan ishlar yangi marralarni zabt etish va mamlakat rahbari ishonchini sharaf bilan uddalashdan dalolat ekanligini ta’kidladi.

Eng muhimi, ishga tushirilayotgan zavodlarni loyihalashdan tortib, eng murakkab asbob-uskunalar, masalan, gidrometallurgiya zavodlari uchun tegirmonlarning korxona tizimidagi zavodlarda ishlab chiqarayotganligi “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJning o‘z oldiga qo‘ygan rejalarini uddalashida asosiy omillardan hisoblanadi. Shuningdek,  mittigina murvatdan tortib, ulkan gabarit va yuqori texnologiyaga asoslangan murakkab mexanizmlargacha  mahalliy kadrlar salohiyati asosida ishlab chiqilib, ishga tushirilayotganligi korxonaning  yuksalish odimlaridan yaqqol dalolatdir.

Korxona ahli an’anaga  sodiq holda kasb bayramlariga ajoyib mehnat zafarlari bilan keldilar. Joriy yilning o‘tgan to‘rt oyida kombinatda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 18,8 trln so‘mni tashkil etib, 102,5 foizlik  o‘sish sur’atiga erishildi. Shuningdek, investisiya dasturi doirasida 133,7 mln, AQSH  dollari miqdorida mablag‘ o‘zlashtirilib, mahalliylashtirish dasturi asosida qariyb 201 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Jamoaning, jumladan, Zarafshon qurilish boshqarmasining tajribali mutaxassislari va kombinat temir yo‘lchilarining sa’y harakatlari bilan “Turbay” konini gidrometallurgiya zavodlari bilan bog‘lovchi 52 kilometrlik temiryo‘l liniyasi qurilishi nihoyasiga yetkazilishi ushbu bayram guldastasining eng ulug‘idir.

 - Bugun davr talabidan kelib chiqib, kombinatda korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish, raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida transformasiya jarayonlari amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning qarori bilan joriy yilda kombinatning  2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi, - deya davom etdi Q. Sanaqulov. - Bunday e’tibor nafaqat konchi va metallurglar balki mamlakatimizning har bir fuqarosidan o‘z fidokorona mehnati bilan amaliy  javob berishini taqozo etadi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy uran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DM xodimlarini kasb bayramlari bilan qutladi. Sohada mehnat qilayotgan bir guruh mehnat ilg‘orlariga viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir nihoyasida  katta bayram konsert dasturi namoyish etildi.

 

 

Temur   ESHBOYeV,

                                (“Xalq so‘zi”).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
73
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
45
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg

16 Apr 09:12
 
27
0
xs.uz

Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif