calendar 27 Mar 08:21
eye 30
comments 0
comments Manba: xs

Samarqandda yangi tonnel qurilishi boshlandi

image

Foto: Халқ сўзи

Avvalroq xabar berganimizdek, “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” boʻyicha 2022-2026-yillarga moʻljallangan investitsion loyiha asosida Samarqandda ikkita tonnel, ikkita koʻprik, yoʻllar va suv inshootlari qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha uchun davlatimiz rahbarining 2019-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 300 million AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlari ajratilishi belgilangan.

Foto: Халқ сўзи

Bugungi kunda shaharning Gagarin va Mirzo Ulugʻbek koʻchalari kesishmasida qazish ishlari olib borilib, uzunligi 44 metr boʻlgan tonnel qurilishiga kirishildi. Ushbu loyiha «Meʼmor Oʻtkir Chovka LLC” (Oʻzbekiston) & “Shaanxi Road and Bridge Group Co., Ltd” (Xitoy) - konsorsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirda chorrahada bosqichma-bosqich elektr energiyasi hamda aloqa tarmoqlarini koʻchirish ishlari olib borilyapti. Ayni paytda chuqurligi 5 metr, eni 190 santimetr boʻlgan xandaq qazilib, suv oqova tarmoqlarini oʻtkazish uchun beton quvurlar tashlanmoqda.

Foto: Халқ сўзи

— Qurilish ishlarida 5 nafar xitoylik va turkiyalik malakali mutaxassislar ham yaqindan yordam beryapti, — deydi loyihaning texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi Alisher Umidov. — Hozirgacha 170 metrdan ziyod masofadagi eski kommunikatsiya tarmoqlari xavfsiz hududga koʻchirildi.

Obyektda viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali, “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ mutaxassislari oʻzlariga belgilangan hududlarda mehnat qilmoqda.

Asosiy qazish va kavlash ishlari Toyloq tumanidagi “Shuhrat Qambarov gaz servis” xususiy korxonasi ishchilari zimmasiga yuklatilgan.

Foto: Халқ сўзи

— Hududni tozalab, xandaq kavlashda yer ostida koʻmilib ketgan, biroq ayni paytda ishlab turgan kommunikatsiya va oqova, elektr energiyasi tarmoqlarini chiqarib olish biroz qiyin boʻlmoqda, — deydi “Shuhrat Qambarov gaz servis” xususiy korxonasi rahbari Sh.Qambarov. — Ammo maxsus texnikalar va tajribali mutaxassislar yordamida bu ishlarni amalga oshirib kelyapmiz.

Shuningdek, qayd qilingan loyiha doirasida Gagarin va Rudakiy koʻchalari kesishmasida uzunligi 50 metr boʻlgan yana bir tonnel, Gagarin koʻchasidagi temir yoʻl ustida 78 metr, Siyob kanali ustida 165 metr boʻlgan 2 ta koʻprik qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur hududlardagi barcha kommunikatsiya tizimlari koʻchirilib, avtomobillar va piyodalarning xavfsiz harakatlanish sxemalari tasdiqlanganidan soʻng bosqichma-bosqich qurilish ishlari boshlanadi.

Foto: Халқ сўзи

Bundan tashqari yoʻllar qurilishi ham rejalashtirilgan. Xususan, Amir Temur koʻchasining Boʻstonsaroy koʻchasidan Gagarin koʻchasigacha 2,3 kilometr hamda Gagarin koʻchasining Gulobod koʻchasidan M-37 avtomobil yoʻligacha 9,2 kilometr qismi qurilib, rekonstruksiya qilinadi.

Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilishda suv inshootlari qurilishi ham koʻzda tutilgan. Jumladan, 6 ta nasos stansiyasi, 2 ta suv inshootlari rekonstruksiya qilinadi. Jami 11,2 kilometr, shundan Amir Temur koʻchasida Boʻstonsaroy koʻchasidan Gagarin koʻchasigacha 2,3 kilometr hamda Gagarin koʻchasida 8,9 kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.

Bugungi kunda Amir Temur koʻchasining Gagarin koʻchasi kesishmasidan Boʻstonsaroy koʻchasiga qarab qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
12
0
xs.uz

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistondagi suv havzalarida tartib oʻrnatmoqchi

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatdagi suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishiladi. Bu haqda 'Lex.uz' xabar berdi.Qayd etilishicha, 2025-yilning 1-mayidan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻr

24 Aug 17:26
 
18
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta

03 Sep 21:35
 
16
0
xs.uz

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida muhim oʻzgarish boʻldi

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligi taʼminlanadi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.Maʼlum qilinishicha, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tushunchalar 'Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida'gi Qonun normalarig

20 Sep 00:21
 
15
0
xs.uz

Navoiyda donorlar safi 202 nafarga yetdi

Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Qonning tirik organizmdagi ahamiyatini hech bir narsa bilan taqqoslab boʻlmaydi. U tanadagi barcha organlar faoliyatini hayotiy ozuqalar bilan taʼminlab, koʻp qon yoʻqotilishining asoratlarini faqat qon quyish bilangina bartaraf etish mumkin. Shunda ham qon quyishga muhtoj boʻlgan kishiga uning oʻzigagina xos guruh va faktordagi qondan foydalaniladi. Baxtga qarshi koʻpincha kutilmagan vaziyatlarda qonga ehtiyoj tugʻilib, uning oʻrnini biror dori-darmon yoki