calendar 20 Sep 00:21
eye 16
comments 0
comments Manba: xs.uz

Navoiyda donorlar safi 202 nafarga yetdi

image
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Qonning tirik organizmdagi ahamiyatini hech bir narsa bilan taqqoslab boʻlmaydi. U tanadagi barcha organlar faoliyatini hayotiy ozuqalar bilan taʼminlab, koʻp qon yoʻqotilishining asoratlarini faqat qon quyish bilangina bartaraf etish mumkin. Shunda ham qon quyishga muhtoj boʻlgan kishiga uning oʻzigagina xos guruh va faktordagi qondan foydalaniladi. Baxtga qarshi koʻpincha kutilmagan vaziyatlarda qonga ehtiyoj tugʻilib, uning oʻrnini biror dori-darmon yoki vosita bosa olmas ekan, barqaror zaxirasini yaratish hayotiy zarurat.

' Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga koʻra, tibbiyot muassasalarini barqaror qon komponentlari bilan taʼminlash uchun qon topshirishlar soni aholi soniga nisbatan har 1000 kishiga kamida oʻntani yoki aholi soniga nisbatan 1% ni tashkil etishi kerak, ' deydi Navoiy viloyati qon qoʻyish stansiyasi bosh vrachi Barot Normurodov. ' Albatta, bu aholidan tibbiy madaniyat bilan birga saxovatpeshalik va yelkadoshlik kabi insoniy fazilatlar, jamiyatdagi kuchlarning bu yoʻlda birdamligini ham talab etadi.

Viloyatda 'Yuksalish' Xalqaro harakati Navoiy viloyati boʻlinmasi tomonidan 'Biz donormiz' haftaligi doirasidagi tadbirlar shular jumlasidan boʻlib, uning uyushqoqlik bilan oʻtkazilishi yaxshi samara berdi.

' Aksiya doirasida hududiy boʻlinmamiz Navoiy viloyati qon qoʻyish stansiyasi bilan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolanib, viloyatdagi donorlar safiga qoʻshimcha koʻngillilar jalb etildi, ' deydi 'Yuksalish' Xalqaro harakatining Navoiy viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari Alijon Jalilov. ' Natijada viloyatimizda donorlar soni 202 nafarga oshib, har kuni yigirma litrdan ziyod qon topshirildi.

Taʼkidlash joiz, viloyatda donorlar soni hali JSST tavsiyasidan hali ancha kam. Tabiiyki, ushbu holat kutilmagan vaziyatlarda shifokorlarni ham, bemorlarni ham birdek tang ahvolga solib qoʻyishi hamda undan hech kim istisno emasligi bor gap. Modomiki, har bir inson hayotida qon va qon preparatiga oʻzi yoki qarindoshlari ehtiyoj sezganda favqulodda tanglikning oldini olishda ular qalbida insoniy tuygʻularni uygʻotish, birovning dardiga malham tutish eng ulugʻ savob ekanligini uqdirish, tabiiyki haftaliklar bilan chegaralanib qolmasligi kerak.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
14
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17-sentabr kuni tongda ikkinchi 'Markaziy Osiyo - Germaniya' sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo'nab ketdi.Tadbirda ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchras

29 Jul 12:54
 
61
0
qalampir.uz

Keyingi yildan yoshga doir pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi

2025 yil 1 martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar avtomatik tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi. Qayd etilishicha, fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi. Pensiya ta’minoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va

24 Aug 17:26
 
20
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi oʻtov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Turizm qoʻmitasi xabariga koʻra, 'Oq qush' majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (oʻtov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur oʻtovning diametri 40,5 metrdan iborat.22-avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rah

03 Sep 21:34
 
20
0
xs.uz

Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

Qozogʻistonning Chimkent viloyatida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Olmaota trassasining yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida 'Opel Vectra' avtomobili 'Toyota Alphard'ga borib urilgan.Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Yana yetti kishi jabrlangan.Aniqlanishicha, jabrlanganlarning barchasi 'Toyota Alphard' salonida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, Qiz