Jomboy tumanining shimolida 41 kilometrga cho'zilgan G'ubdin tog'lari yastanib yotibdi. Manbalarga ko'ra, u bundan 300 yillar muqaddam qalin daraxt va butalar bilan qoplangan bo'lgan.
Yillar davomida daraxtlar yoqilg'i sifatida ishlatib, yalang'och adirlar qolgan. O'tinsiz, dehqonchilik qilish uchun sharoiti yo'q yerlarda qolgan odamlar tog'ning etagiga ko'chib o'tib, Jomboy tumanining hozirgi Qo'ng'irot, Polvonariq, Qo'lbosti singari mahallalarini tashkil etgan. Ammo halichaga tog' bag'rini tark etmaganlar bor.
Tuman markazidan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan Qoraqosmoq qishlog'ining aholisi shular jumlasidan. Jizzax viloyati bilan chegaradosh qishloqda bugun 35 ta xonadon bor. Ulardagi aholi asosan lalmi dehqonchilik va chorvachilik hisobiga kun ko'radi.
— Men bu yerga 1965 yilda tog'ning narigi tomonidagi qishloqdan kelin bo'lib tushganman, - deydi Gulsin Qarshiyeva. – Tabiati go'zal, odamlari mehribon bo'lgani uchun ham sharoitga juda tez moslashdim. To'g'ri, yashashimiz zo'r emas, osmonga qaragan odamlarmiz. Qishning sovug'i, yozning jaziramasini boshqalardan ko'ra ko'proq his qilamiz. Yog'ingarchilik yaxshi bo'lsa, ro'zg'orimiz but, yil quruq kelsa, ishimiz tang bo'ladi. Biroq bundan nolimaymiz. Tabiat bag'rida yashashning mashaqqati bo'lgani kabi gashti ham bor.
Shundan bilish mumkinki, qoraqosmoqliklar uchun bahorning qadri boshqacha. Issiq kunlar kelib, daraxtlarning gulga kirishi, adirlarning yashillikka burkanishi, qishloqni oralab o'tuvchi soyning yana jonlangani ularga yangi kuch va g'ayrat beradi.
Bu Qoraqosmoqda tashkil etilgan Navro'z bayrami hamda uch avlod uchrashuvi tadbiridan olgan ilk taassurotlarimiz. Bir tomonda doshqozonda sumalak qaynamoqda, boshqa tomonda nuroniy va yoshlar o'rtasida mushoira, g'azalg'onlik avj olgan. Tuman hokimi Qayum Sobirov. U qoraqosmoqliklarni va butun tuman ahlini Navro'z ayyom bilan qutlab, bu kabi tadbirlarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida gapirdi.
— Uch avlod uchrashuvlarini atay tumanimizning eng chekka hududlarida tashkil etyapmiz, - deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo'limi raisi Xafiza O'sarova. – Bu yerdagi aholi, ayniqsa, yoshlar eʻtiborga, daldaga ko'proq muhtoj. Ular tadbirlarga jalb qilingan rahbar xodimlar, olimlar, shifokorlar, jamiyatimizning vijdoni sanalgan nuroniylar, katta yutuqlarga erishgan tengdoshlari bilan hamsuhbat bo'lib dunyoqarashini kengaytiradi, motivatsiya oladi. Kuch hamjihatlikdadir. Agar shu uch avlod vakillari birlashsa, ham hududdagi muammolar yechim topadi, ham yangi tashabbuslar amalga oshiriladi.
Qoraqarsak qishlog'iga kelsak, to'g'ri, undagi aholi qishdan qiyin chiqdi. Lekin hudud infratuzilmasini yaxshilash, xususan, yoshlarning taʻlim-tarbiya olishi uchun yetarli sharoit yaratish choralari ham ko'rilayotgan ekan.
— 2021 yilda qishlog'imizda 9-umumtaʻlim maktabining filiali ochildi, - deydi o'qituvchi Baxtiyor Ohmurodov. – 17 nafar bola boshlang'ich taʻlimni shu yerda olyapti. Yoshlarni ularni ilmli, kasbli qilishga intilyapmiz. O'tgan yili qishloqda tibbiyot punkti tashkil etildi. Asta-sekin hayotimiz yaxshilanib boryapti.
Ko'tarinki ruhda, badiiy chiqishlarga boy tarzda o'tgan tadbir qishloqdagilarda katta taassurot qoldirganiga shubha yo'q. Asosiysi, unda aytilgan gaplar, yoshlarning taʻlim-tarbiyasida yo'lga qo'yilgan hamkorlikka amal qilinishi, hamjihatlik bo'lishi kerak.
Asqar BAROTOV.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz