calendar 07 Jan 14:20
eye 47
comments 0
comments Manba: xs

Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi ittifoq Gʻarb dunyosi tinchlik tartibiga tahdid solmoqda — NATO bosh kotibi

image

Фото: Reuters

Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik Gʻarb dunyosi tartibiga tahdid solmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Norvegiyada boʻlib oʻtgan anjuman chogʻida aytib oʻtdi.

“Ularni boshqa dunyo tartibini xohlayotgani birlashtiradi. Gap shundaki, ular bizning qadriyatlarimizni baham koʻrmaydilar va erkinlik va demokratiyaga boʻlgan ishonchimizni buzadigan manfaatlarni himoya qilishga harakat qilishadi. Bu xavfli dunyoda ittifoq mamlakatlari bir-biriga yopishib olishlari kerak”, deydi Stoltenberg .

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Xitoy tomonlari oʻrtasida iqtisodiyot va harbiy sohadagi hamkorlik kengaymoqda. Bundan tashqari, Stoltenberg Pekin Moskvani Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazgani uchun qoralashdan bosh tortganini qayd etdi. 

Uning taʼkidlashicha, Xitoy NATOni mavjud vaziyatda ayblaydigan “rus hikoyasini” targʻib qilmoqda, shuningdek, Rossiyaning alyans eshiklarini yangi aʼzolar uchun yopish haqidagi talabini qoʻllab-quvvatlamoqda.

Avvalroq, Stoltenberg Ukraina mojarosi haqida gapirar ekan, Moskvani past baholash xavfli ekanini aytgan edi.

“Ular yoʻqotish va azob-uqubatlarga dosh berishga katta tayyorligini koʻrsatdi”, deydi NATO Bosh kotibi. Shu oʻrinda uning qoʻshimcha qilishicha, hozircha Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi mojarodagi maqsadlarni oʻzgartirishga tayyorligi haqida hech qanday dalil yoʻq. 

Avvalroq, NATO va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya imzolanishi haqida xabar bergan edik. Maʼlum qilinishicha, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen hamkorlik toʻgʻrisidagi uchinchi qoʻshma deklaratsiyani imzolaydi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi saytidagi press-relizda maʼlum qilindi.

Uchrashuv 10-yanvar kuni Bryusseldagi NATO qarorgohida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Imzolash mahalliy vaqt bilan ertalab soat 11:00da boʻlib oʻtadi. Shundan soʻng qoʻshma matbuot anjumani oʻtkaziladi.

2022-yil sentyabrda Stoltenberg xavfsizlik va barqarorlikka hissa qoʻshadigan yangi Yevropa Ittifoqi — NATO deklaratsiyasini imzolash vaqti kelganini aytgan edi. Qoʻshma deklaratsiya 2021-yilda imzolanishi kerak edi. Ammo bu nomaʼlum sabablarga koʻra amalga oshmay qolgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
73
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
68
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
59
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi

24 Mar 13:25
 
278
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q