Adliya vaziri “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan onlayn-uchrashuvida qatnashdi


Bugun, 21-dekabr kuni mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasining huquq, siyosiy fanlar va xalqaro munosabatlar yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olayotgan 51 nafar stipendiatlar uchun ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Uchrashuvda adliya vaziri A. Toshqulov, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari E. Xamrayev, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori A.Bekmurdov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari O.Xasanov va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktor oʻrinbosari v.b. J.Axmedov ishtirok etdi.
Unda rahbarlar oʻzlarining sohasiga doir maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.
Xususan, adliya vaziri A. Toshqulov, soʻngi yillarda davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilgan kadrlar bilan ishlashda ochiqlik tizimi, shuningdek adliya organlari sohasida amalga oshirilgan maʼmuriy islohotlar toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.
Shundan soʻng, mavzulari yuzasidan stipendiatlar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan savol-javob va muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Ishtirokchilar oʻzlarining takliflarini bildirishdi.
“Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Forumda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududuy boshqamasi boshlig'i To'ychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.'Dual ta'limda Germaniya tajribasi', 'Dual ta'limni tashkil etishda korxonalarning o'rni', 'Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta'lim muassasalari integratsiyasi', 'Farg'ona viloyat
Buxoro qarolisining shuhratini qayta tiklaylik
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Oʻshanda 2018-yilning sentyabri edi. Davlatimiz rahbarining 'Buxoro-agro' erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi doirasida xalqaro forum oʻtkazildi. Qator davlatlardan kelgan soha vakillari Buxoro tumanidagi 'Madaniyat, Muhammad, Ismat' fermer xoʻjaligi faoliyati bilan ham tanishdi. Xoʻjalikning moʻjazgina fayzli bogʻi hammani oʻziga maftun etdi. Shunda eronlik mehmon Said Abbos Karbosiyning bir juft qaroli old
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.' Kuni kecha xalqimiz bilan Navroʻz ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulugʻ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon boʻlsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga
Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi
Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.Hodisa tufayli MAN va 'Ford' rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qis