calendar 09 Dec 13:32
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir

FNQIZda benzin va gaz ishlab chiqarish hajmi oshirildi

image
image

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 30 tonnadan 50 tonnaga oshirilmoqda. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bu boradagi ishlar respublika aholisining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. 

Ushbu rejalarni amalga oshirish maqsadida "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" (FNQIZ) masʻuliyati cheklangan jamiyatida benzin va suyultirilgan uglevodorod gazi hajmlarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar tashkil etilgan. 

"Xususan,  uglevodorod xomashyosini birlamchi qayta ishlashni o'rnatishdan avval uglevodorod xomashyosining kerakli tarkibini tanlab, zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini yuklashning optimal sxemasi aniqlandi. Shu bilan birga, Aspen Unified PIMS dasturiy yechimi asosida FNQIZda ishga tushirilgan optimallashtirilgan rejalashtirish modeli imkoniyatlaridan foydalaniladi", deyiladi Energetika vazirligi xabarida. 

Rejalashtirilgan ko'rsatkichlar bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish va muammolarni tezkor hal etish uchun FNQIZ buyrug'i bilan korxona va ishlab chiqarish sexlari rahbarlaridan iborat tezkor shtab tuzilgan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
29
0
xs.uz

Buxoro qarolisining shuhratini qayta tiklaylik

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Oʻshanda 2018-yilning sentyabri edi. Davlatimiz rahbarining 'Buxoro-agro' erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi doirasida xalqaro forum oʻtkazildi. Qator davlatlardan kelgan soha vakillari Buxoro tumanidagi 'Madaniyat, Muhammad, Ismat' fermer xoʻjaligi faoliyati bilan ham tanishdi. Xoʻjalikning moʻjazgina fayzli bogʻi hammani oʻziga maftun etdi. Shunda eronlik mehmon Said Abbos Karbosiyning bir juft qaroli old

23 Mar 16:44
 
56
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.' Kuni kecha xalqimiz bilan Navroʻz ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulugʻ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon boʻlsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga

23 Mar 16:43
 
41
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi

Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.Hodisa tufayli MAN va 'Ford' rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qis

04 Apr 16:19
 
38
0
xs.uz

“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.O'zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdilar.Samarqanddagi 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo'ldi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'