calendar 25 Nov 06:32
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir

Bugun o'zbekistonlik bokschilar mundial g'olibligi uchun jang qiladi

image
image

Bugun, 25 noyabr kuni Ispaniyaning La Nusiya shahrida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining final janglari boshlanadi. O'zbekistonlik ikki nafar bokschi musobaqa g'olibligi uchun ringga ko'tariladi.

Ayollar o'rtasida -48 kgda Gulsevar G'aniyeva hindistonlik Bavna Sharmaga qarshi jang qiladi. Erkaklar o'rtasida esa -57 kg vazn toifasida Baxtiyor Asadov Meksika vakili Ezekyel Kabrera bilan hisob-kitob qiladi. 

Gulsevar G'aniyeva ishtirokidagi jang Toshkent vaqti bilan taxminan soat 22:00da boshlanishi kutilmoqda. Asadov esa taxminan 23:40da ringga ko'tariladi.

Maʻlumot uchun, ertaga, 26 noyabr kuni yana 6 nafar o'zbekistonlik bokschi mundial g'olibligi uchun jang o'tkazadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
366
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

04 Apr 16:20
 
29
0
xs.uz

«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?

Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi