calendar 24 Nov 16:22
eye 45
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekistonda ilk marta oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga tayyorgarlik muhokama qilindi

image

Foto: “Xalq soʻzi”

2022yil  24-noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasida ilk marta oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishning istiqboldagi rejalari muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi ekspertlari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlimi statistika boʻyicha mutaxassisi Georgiy Kvinikadze boshqa mamlakatlarning qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tajribasi, shuningdek, FAOning bu borada amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish qishloq xoʻjaligining asosiy statistikasini yigʻishda muhim vosita boʻlib xizmat qilishi qayd etildi. Yagona dastur va metodologiya boʻyicha oʻtkazilgan keng qamrovli statistik soʻrov qishloq xoʻjaligining holati va tuzilishi, uning resurs salohiyatining mavjudligi va ulardan foydalanish toʻgʻrisida eng toʻliq va obyektiv maʼlumotlarni olish imkonini beradi.

Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi vakili Humoyun Oʻrazbekov ishtirokchilarni ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy bazasi va qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish bosqichlari bilan tanishtirdi, shuningdek, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish xamda asosiy  roʻyxatdan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va bu borada respublika va hududiy komissiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha jalb etilgan vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar toʻgʻrisida haqida soʻzlab berdi. Davra suhbatida asosiy qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha keyingi qadamlar muhokama qilindi, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2024-yilda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida asosiy roʻyxatdan oʻtkazish tashkil etiladi. Bu boradagi vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hisoblanadi. Tadbirlarning xalqaro standartlarga javob berishini taʼminlash maqsadda FAO “Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish uchun qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tashkilotchilarini qoʻllab-quvvatlaydi. Mazkur loyihaning maqsadi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi statistikasi tizimini takomillashtirish va Davlat statistika qoʻmitasi xodimlarini qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha usullar va dala ishlarini olib borishga oʻrgatishdan iborat.

Eslatib oʻtamiz, 1-31-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent va Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ilk bor tashkil etildi. Tadbirlarda FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlimi statistika boʻyicha mutaxassisi Georgiy Kvinikadze ham ishtirok etdi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish uchun ishlab chiqilgan anketalarni takomillashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni qoʻllab-quvvatlash uchun FAO vaqtincha jalb qilingan shaxslar uchun oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etdi, shuningdek, xabardorlikni oshirish uchun materiallar, yaʼni bannerlar, plakatlar, qoʻllanmalar, bukletlar va flayerlar kabi axborot-kommunikatsiya materiallarini taqdim etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

13 Jun 00:39
 
89
0
xs.uz

“Mers Trampning kodini topdi” — Germaniya kanslerining Vashingtonga tashrifi muhokamalarga sabab boʻlmoqda

Germaniya kansleri Fridrix Mersning Vashingtonga birinchi tashrifi AQSH matbuoti tomonidan ijobiy reaksiyaga sabab boʻldi.Germaniya kansleri Fridrix Mersning Vashingtonga ilk tashrifi AQSH matbuotida ijobiy munosabat bilan kutib olindi. 'The New York Times' gazetasi 'Mers Trampning kodini topdi' ' uning tashqi koʻrinishi, ajoyib ingliz tili va biznes tajribasi AQSH prezidentini shu qadar hayratda qoldirdiki, u uni 'Germaniyaning eng yaxshi imijining timsoli' sifatida koʻrdi' deya yozdi.Shunin

04 Jun 02:45
 
122
0
xs.uz

Ukraina Rossiyaning 41 ta harbiy samolyotini yoʻq qildi — OAV

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya ' Ukraina chegarasidan uzoqda joylashgan bir qancha viloyatlardagi rus aerodromlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda 'Ukrainskaya pravda', 'Babel', 'RBK-Ukraina' va boshqa nashrlar maxsus xizmatlardagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.Manbalariga koʻra, 'Oʻrgimchak toʻri' deb nomlangan ushbu operatsiyani Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk shaxsan boshqargan. Hujum natijasida 40 dan ortiq rus samolyotlari, jumladan, 'A-50', 'Tu-95' va 'Tu-

15 Jun 10:46
 
95
0
xs.uz

BMT Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Gʻazo sektorida soʻzsiz va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda 'RIA Novosti' nashri.Bildirilishicha, ushbu rezolyutsiyani maʼqullab 149 ta davlat ovoz bergan, 12 ta davlat ushbu loyihaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan, 19 ta davlat esa betaraf qolgan. Maʼlumotlarga koʻra, AQSH, Vengriya, Fuji hamda Argentina mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan.Qabul qi