“Mers Trampning kodini topdi” — Germaniya kanslerining Vashingtonga tashrifi muhokamalarga sabab boʻlmoqda

Germaniya kansleri Fridrix Mersning Vashingtonga ilk tashrifi AQSH matbuotida ijobiy munosabat bilan kutib olindi. 'The New York Times' gazetasi 'Mers Trampning kodini topdi' ' uning tashqi koʻrinishi, ajoyib ingliz tili va biznes tajribasi AQSH prezidentini shu qadar hayratda qoldirdiki, u uni 'Germaniyaning eng yaxshi imijining timsoli' sifatida koʻrdi' deya yozdi.
Shuningdek, Mers Trampga ramziy sovgʻa, yaʼni bobosining Germaniyada tugʻilganligi haqidagi guvohnomani taqdim etdi. Bundan tashqari, kansler AQSHda yigʻilgan BMW mashinasini boshqarishini aytgan. Vashingtondagi uchrashuv Yevropada ham qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Mersga Tramp bilan har doim ham aloqa oʻrnatishga muvaffaq boʻlmagan boshqa davlat rahbarlaridan tabriklar kelgani maʼlum.
'Germaniyada boʻlib oʻtgan federal saylovlardan soʻng AQSH prezidenti va Yevropaning eng muhim kontinental hamkori Germaniya hukumati rahbari oʻrtasida mustahkam shaxsiy munosabatlarni oʻrnatish vaqti keldi. Bu tanqidiy tashqi sharoitlarda nisbiy normallikni oʻrnatish haqida', ' dedi Germaniyaning Vashingtondagi sobiq elchisi Volfgang Ishinger.
U shu oʻrinda Trampning eʼtibori tufayli Yevropa ichida raqobatni boshlanishidan ham ogohlantirdi. Ishingerning soʻzlariga koʻra, agar Yevropa Tramp bilan 27 har xil ovozda gaplashsa, u shunchaki tinglanmaydi.
'Bild' maʼlumotlariga koʻra, Mers boj va Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda mavjud masalalarni ilgari surishda davom etadi.
Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan
Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin
Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning
Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl
“Bu men va Putinning ishi” – Zelenskiy Kiyev delegatsiyasiga Rossiya bilan hududlarni muhokama qilishni taqiqladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev delegatsiyasiga Rossiya bilan hududlarni muhokama qilishni taqiqladi. Uning taʼkidlashicha, Kiyev delegatsiyasi Rossiya bilan muzokaralarda hududlarni muhokama qilish vakolatiga ega emas.'Ukraina delegatsiyasi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralarda Rossiya bilan memorandum doirasida faqat gumanitar masalalarni muhokama qilish vakolatiga ega. Chunki ularning mandati yoʻq. Bu Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhokama qilishdir. Hududla