“Bu men va Putinning ishi” – Zelenskiy Kiyev delegatsiyasiga Rossiya bilan hududlarni muhokama qilishni taqiqladi

'Ukraina delegatsiyasi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralarda Rossiya bilan memorandum doirasida faqat gumanitar masalalarni muhokama qilish vakolatiga ega. Chunki ularning mandati yoʻq. Bu Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhokama qilishdir. Hududlar boʻyicha muloqot oʻtkazish menga va Putin (Rossiya prezidenti Vladimir Putin ' tahr.)ga bogʻliq... Men bu masala boʻyicha oʻz pozitsiyamni boshqa hech kim bilan muhokama qilmayman' ' dedi Ukraina prezidenti Vengriyaning 'Valasz Online' nashriga bergan intervyusida.
Shu oʻrinda Zelenskiy Kiyev yoʻqotilgan hududlarni de-yure (lotincha 'de jure' soʻzidan olingan boʻlib, 'qonuniy', 'qonun boʻyicha' maʼnosida ishlatiladigan ibora ' tahr.) Rossiya deb tan olmasligini qoʻshimcha qildi.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, Gʻarb davlatlari, jumladan, AQSH Rossiyaga yetarlicha bosim oʻtkazmayotganini aytdi. Unga koʻra, nafaqat AQSH, balki boshqa davlatlar ham Moskvaga 'Urushni toʻxtating, aks holda Ukrainaga qurol beramiz', deb aytishi kerak. Chunki Rossiya diplomatik jarayonga eʼtibor bermayapti.
Shu oʻrinda Ukraina prezidenti Gʻarb nega Rossiyaga nisbatan qattiqroq cheklovlar joriy etishdan bosh tortayotganini tushuntirdi. Uning soʻzlariga koʻra, buning sababi Kiyevning 18 va undan katta yoshdagi fuqarolarni safarbar qilmaganidir.
'Biz 18-24 yoshli yoshlarga hamkorlarimiz xohlasa, ular ham xizmat qilishlari mumkinligini koʻrsatish imkoniyatini yaratdik', ' deya qoʻshimcha qildi Ukraina rahbari va Kiyev ukrainalik yoshlarga mamlakat Mudofaa vazirligi bilan bir yillik shartnoma taklif qilganini taʼkidlab.
'Rossiyaning raketa zarbalari... AQSH va boshqa dunyodagi Rossiyani tinchlikka majburlash urinishlaridan balandroq. Bugun Kiyevga qilingan hujum eng katta zarbalardan biri boʻldi. Odessa, Dneprovsk va Chernigov viloyatlari ham nishonga olindi', ' deydi Ukraina prezidenti.
Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksey Chepaning aytishicha, bu talab tinchlik muzokaralarini boshi berk koʻchaga olib boradi.
Parlament aʼzosi, shuningdek, Ukraina prezidentining bayonotini 'adekvat emaslik' belgisi, uning Putin bilan uchrashishga tayyorligi haqidagi soʻzlarini esa 'PR kampaniyasi' deb atadi.
'Hech qanday muzokaralar shunchaki olib borilmaydi, ayniqsa, yuqori darajada ' hammasi oldindan tayyorlanadi. Bu bemaʼnilik... Avval tayyorgarlik koʻrishingiz kerak, keyin esa 'men tayyorman' ayting, ' deya xulosa qildi Chepa.
Davlat Dumasi deputati Svetlana Jurova ham Rossiyani tinchlikka majburlamaslik kerakligini taʼkidladi. U Ukraina Rossiya hududida muntazam ravishda terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotganini, Ukraina rasmiylari esa faqat Moskvani majburlash zarurligi haqida gapirib, oʻz harakatlarini oqlashga urinayotganini aytdi.
Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”
Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz
Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi
Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi
AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi
Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres
Ukraina Rossiyaning 41 ta harbiy samolyotini yoʻq qildi — OAV
Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya ' Ukraina chegarasidan uzoqda joylashgan bir qancha viloyatlardagi rus aerodromlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda 'Ukrainskaya pravda', 'Babel', 'RBK-Ukraina' va boshqa nashrlar maxsus xizmatlardagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.Manbalariga koʻra, 'Oʻrgimchak toʻri' deb nomlangan ushbu operatsiyani Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk shaxsan boshqargan. Hujum natijasida 40 dan ortiq rus samolyotlari, jumladan, 'A-50', 'Tu-95' va 'Tu-