calendar 24 Nov 11:32
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir

Terma jamoa o'yini uchun parlament majlisining vaqti o'zgartirildi

image
image

Xorvatiya Sabor (bir palatali parlament) deputatlari milliy terma jamoa o'yinni tomosha qilish uchun 2023 yilgi davlat byudjyeti loyihasini muhokama qilishni vaqtinchalik soat 11:00 dan 13:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 15:00 dan 17:00 gacha) to'xtatdi. Bu haqda Xorvatiyaning "Vecherni list" nashri xabar berdi.

23 noyabr kuni Xorvatiya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Bahsda 0:0 hisobi qayd etildi.

Qayd etilishicha, parlament yig'ilishiga ko'plab xalq deputatlari terma jamoa atributlari bilan kelgan. Ulardan baʻzilari rasmiy libosda emas, Xorvatiya terma jamoasi liboslarida yig'ilishga tashrif buyurgan.

Xorvatiya terma jamoasi Belgiya, Kanada va Marokash jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. 

2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida xorvatlar kumush medallarni qo'lga kiritgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
362
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.