calendar 04 Nov 07:32
eye 41
comments 0
comments Manba: qalampir

Maxachev orden bilan taqdirlandi

image
image

Engil vazn toifasida yangi UFC chempioni Islom Maxachev Dog'iston Respublikasining oliy mukofoti bilan taqdirlandi. "Dog'iston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordenini unga viloyat rahbari Sergey Melikov shaxsan topshirdi.

"Bu Dog'istonning eng oliy mukofotidir va men Islomga orden topshirganimdan juda xursandman", deydi Melikov.

Mukofot bilan taqdirlangach Islom Maxachev ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"UFC kamarini qo'lga kiritganimdan xursandman. Bu natijam keyingi avlodga o'rnak bo'ladi. Bilamizki, bizda yigitlar ko'p, barcha zallar to'la. Bu holat hammamizga motivatsiya bo'ladi. Men sizlardan farq qilmayman. Men faqat maqsad qo'ydim, mashq qildim, ishondim. Dam olishga vaqtim yo'q, allaqachon sport zaliga qaytib, mashg'ulotlarni boshlab yubordim" , deydi Maxachev.

Eslatib o'tamiz, 22 oktyabr kuni Maxachev Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasida Charlz Oliveyrani mag'lub etib, yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
359
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.