calendar 04 Oct 19:20
eye 63
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri tor doirada uchrashuv oʻtkazdilar

image

Foto: president.uz

Budapeshtdagi «Karmelita» saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tor doirada ikki tomonlama muzokara oʻtkazdilar.

Suhbatda Oʻzbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Prezidenti doʻst Vengriya yetakchisiga tashrif davomida koʻrsatilgan samimiy qabul va iliq mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik jadal rivojlanib, izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Viktor Orbanning 2021-yil martda yurtimizga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston-Vengriya munosabatlarida yangi sahifa ochgani hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga koʻtargani alohida taʼkidlandi.

Turli darajalardagi muloqotlar faollashdi, samarali siyosiy muloqot va parlamentlararo hamkorlik yoʻlga qoʻyildi, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini, shu jumladan sanoat kooperatsiyasi orqali amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maʼnoda, ikki mamlakat iqtisodiyotlari bir-birini toʻldirib turishi, rivojlanish strategiyalari diversifikatsiya va industriallashuvga qaratilgani bilan bir-biriga oʻxshashligi qayd etildi.

Keyingi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash qariyb 3 barobar oshgani, uni yanada koʻpaytirish uchun barcha imkoniyatlar va omillar mavjudligi taʼkidlandi. Oʻzbekiston Yevroittifoqning “GSP+” aʼzosi maqomiga ega ekani ham bunga xizmat qiladi.

Tomonlar oʻzaro imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma quvvatlar yaratish va shu orqali MDH, Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqishga intiladi.

Farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport hamda ilmiy tadqiqotlar hamkorlik uchun istiqbolli yoʻnalishlar sifatida qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham muhokama qildilar. Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan BMT, YEXHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqalar doirasidagi hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

Vengriya Bosh vaziri joriy yilning noyabr oyida Samarqandda oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etishini tasdiqladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
52
0
xs.uz

Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda

Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilg

21 Apr 08:34
 
17
0
xs.uz

Toshkent shahrida “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

2025-yil 17-18-aprel kunlari Toshkent shahrida 'Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba' mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.Mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Anjumandan kutilayotgan maq

04 Apr 16:18
 
39
0
xs.uz

Hayotini gazetaga bagʻishlagan fidoyi jurnalist

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumani hokimligi bosh nashri 'Istiqbol yoʻli' gazetasi bosma davriy nashrlar jiddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan keyingi yillarda muntazam ravishda nashr etib kelinayotgani eʼtiborga molik. Boisi, tanqidiy chiqishlari, qilichdek keskir soʻzi bilan tanilgan gazetaning doimiy oʻquvchilari bor.Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati

24 Mar 13:25
 
81
0
xs.uz

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv shaklda amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o'tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko'rsatilishi belgilandi.Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qil