calendar 24 Sep 10:31
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir

Olis hududlarda ko'mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi

image
image

Borish qiyin bo'lgan 500 ga yaqin olis qishloqlarda ko'mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining kecha, 23 sentyabr kuni qabul qilingan "Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obʻyektlari va ko'p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʻminlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko'ra, 2022/2023 yillar kuz-qish davrida respublika bo'yicha 2 967 ta ko'p kvartirali uylar, 299 ta gaz taqsimlash punktlari, 1 815,3 km ichimlik suvi tarmoqlari, 2,420 ta ijtimoiy soha obʻyektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat obʻyektlari, 11 ta sport obʻyektlari mukammal) taʻmirlanadi.

Shuningdek, 149 km gaz quvurlarini tiklash-taʻmirlash ishlari amalga oshiriladi, 6 209 ta mahallaga 314 400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, 1 680 000 tonna ko'mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha obʻyektlariga 518 000 tonna ko'mir yetkazib beriladi). 443 ta olis va borish qiyin bo'lgan qishloq (ovul)larda ko'mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
30
0
xs.uz

16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik

22 Mar 08:54
 
63
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi yangi bogʻda koʻchat ekdi

'Atrof-muhitni asrash va 'yashil iqtisodiyot' yilida ko'chat ekib, yashillik yaratish ko'lami kengaydi. Poytaxtimizning Bektemir tumanida yana bir bog'ga asos solindi.Prezidentimiz davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga bu yerda ko'chat ekdi.Iykota, Majnuntol, Zilola, Rohat va Iqbol mahallalari orasidagi bu hudud avval qarovsiz joy edi. Elning birligi bilan yana bir yashil makon, aholi hordiq chiqaradigan park paydo bo'lmoqda. Uch gektarlik hududga o'rmon konsepsiyasi asosida

16 Apr 09:11
 
22
0
xs.uz

TDT mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar

Konferensiyada Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o'tkazish bilim almashish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.'Mintaqaviy integratsiya va infratuzilmaviy loyihalar' mavzusidagi panel sessiyasida Transportni rivojlantirish muammolarini o'rganish markazi direktori B.Xolmatov O'zbekistonning TDT mamlakatlari bilan hamkorligining joriy holati va O'zbekiston Respublikasida amalga oshirila

12 Apr 21:15
 
26
0
xs.uz

Davlat rahbari investorlarni jalb qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida oʻtgan yili ayrim mamlakatlardan investitsiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakchi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmagani'koʻrsatib oʻtildi.Xitoy, Rossiya va Malayziya bilan hokimlar va investorlarni bir-biriga bogʻlash tajribasi qolgan mamlakatlardagi elchixonalarimizda ham yoʻlga qoʻyilishi zarurligi qayd etildi.Oʻtgan oyda Londonda 'Oʻzbekiston investorlari kuni' tashkil etilgani natijasida 2,77