
Foto: Xalq so‘zi
Bu oʻtgan toʻrt yil ichida tez tibbiy yordam xizmatidagi oʻzgarishlarning bir koʻrinishi.
Tez tibbiy yordam xizmati zamonaviy tibbiyotning muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Eʼtiborlisi, keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu soha faoliyatini takomillashtirish, tegishli malakali tibbiyot xodimlari, tibbiy asbob-uskuna va transport vositalari bilan yetarli darajada taʼminlash, bu orqali aholiga sifatli tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha chuqur oʻylangan islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda va bu oʻz mevasini ham beryapti.
Bugun viloyatda faoliyat yuritayotgan tez tibbiy yordam stansiyalariga 30 ta “Ford” rusumidagi eng zamonaviy reanimobillar topshirildi.
2016-yilda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tez tibbiy yordam tizimi bor yoʻgʻi 2 ta reanimobil xizmatidan foydalangan boʻlsa, bugunga kelib, tizimda olib borilayotgan islohotlar natijasida 62 ta shunday avtotransport aholiga tez tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.
Reanimobillarni topshirish marosimida soʻzga chiqqanlar keyingi yillarda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida tez tibbiy yordam xizmatiga ajratilayotgan mablagʻlar bir necha barobarga oshirilganini va tez yordam brigadalari dislokatsiyasi qayta koʻrib chiqilib, qishloq oilaviy poliklinikalarida yangi tez tibbiy yordam tayanch punktlari tashkil etilganligini taʼkidlashdi. Buning natijasida tez yordam brigadalarining xizmat koʻrsatish radiusi 15-20 kilometrdan 8-12 kilometrgacha qisqarib, hududlar aholisi va soha xodimlari uchun qulayliklar yaratildi.
Eng muhimi, tizimda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining moddiy manfaatdorligi oshib, ularning olis hududlarda faoliyat olib borishlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu
16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi yangi bogʻda koʻchat ekdi
'Atrof-muhitni asrash va 'yashil iqtisodiyot' yilida ko'chat ekib, yashillik yaratish ko'lami kengaydi. Poytaxtimizning Bektemir tumanida yana bir bog'ga asos solindi.Prezidentimiz davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga bu yerda ko'chat ekdi.Iykota, Majnuntol, Zilola, Rohat va Iqbol mahallalari orasidagi bu hudud avval qarovsiz joy edi. Elning birligi bilan yana bir yashil makon, aholi hordiq chiqaradigan park paydo bo'lmoqda. Uch gektarlik hududga o'rmon konsepsiyasi asosida
Davlat rahbari investorlarni jalb qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida oʻtgan yili ayrim mamlakatlardan investitsiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakchi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmagani'koʻrsatib oʻtildi.Xitoy, Rossiya va Malayziya bilan hokimlar va investorlarni bir-biriga bogʻlash tajribasi qolgan mamlakatlardagi elchixonalarimizda ham yoʻlga qoʻyilishi zarurligi qayd etildi.Oʻtgan oyda Londonda 'Oʻzbekiston investorlari kuni' tashkil etilgani natijasida 2,77