calendar 10 Sep 15:52
eye 23
comments 0
comments Manba: zarnews

Firdavsiy maydoni ochildi

image

Samarqand shahri Firdavsiy ko'chasida qomusiy olim Abulqosim Firdavsiy maydoni ochildi.

Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda viloyat faollari va Samarqand shahar jamoatchiligi vakillari Prezidentimizning tashabbusi bilan viloyatimizda keyingi yillarda keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganini taʻkidladi.

– Firdavsiy ko'chasi va bu yerdagi tarixiy Panjob madrasasi taʻmirlanishi xalqimiz maʻnaviy merosini asrab-avaylash borasidagi ishlarning yorqin ifodasi bo'ldi, – dedi Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi, hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tashabbuskorlaridan biri N.Ibragimov.

– Bu yerda mavjud 24 ta xonada fors, arab va ingliz tillarini o'qitish, milliy liboslar, kashtachilik, bichish-tikish, ipak gilami to'qish, zargarlik, haykaltaroshlik, yog'och o'ymakorligi, musiqa asboblari yasashga o'qitish va o'rgatish, kutubxona va madrasa tarixi muzeyi, kitoblar va shu yerda ishlab chiqarilayotgan mhsulotlar savdosi faoliyati yo'lga qo'yildi. Binoda maxsus muzokaralar va uchrashuvlar o'tkazish xonasi tashkil qilindi hamda "O'zbekiston-Eron do'stlik jamiyati"ning ishi faollashtirildi. Homiylar ko'magi bilan madrasa binosiga tutash "Panjob" masjidida taʻmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari madrasa atrofidagi ayrim bino va inshootlar boshqa joyga ko'chirilib, ko'rkam maydon tashkil etili va shu paytgacha madrasa hovlisida bo'lgan Abulqosim Firdavsiy haykali ushbu maydonda o'rnatildi.

Firdavsiy nomi bilan ataluvchi 3,2 kilometr masofadagi ko'cha to'liq taʻmirlanib, asfalt yotqizildi, piyodalar yo'laklari, suv quvurlari, elektr va aloqa tarmoqlari tartibga keltirildi, tungi yoritgichlar o'rnatildi, svetofor tarmoqlari yangilandi, yo'l bo'ylab gulzorlar yaratildi.

Tadbir ishtirokchilari madrasa va masjidda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
20
0
xs.uz

Taniqli adib 75 yoshda

Oʻziga xos va maʼnodor hikoyalari, 'Galatepaga qaytish', 'Isteʼfo' kabi goʻzal qissalari, turgʻunlik yillari haqida soʻzlovchi ajoyib 'Lolazor' romani bilan oʻzbek kitobxonlari orasida sevimliga aylangan taniqli yozuvchi Murod Muhammad Doʻst bugun 75 yoshga toʻldi.Ijodkorni tugʻilgan kuni bilan tahririyatimiz nomidan chin dildan qutlab, sihat-salomatlik va oilaviy tinchlik-xotirjamlik, uzoq umr tilaymiz!DASHT-U DALALARDA(hikoya)Xadicha ketdiyu koʻnglidan halovat ham ketdi. Uy bamisoli

07 Mar 20:07
 
38
0
postda.uz

YANGI O‘ZBЕKISTON – INSON SHA’NI VA QADR-QIMMATI USTUVOR MAMLAKAT

Inson mavjudotlarning gultoji, aziz-u mukarramidir. Uning huquq va manfaatlari esa tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladi. Shu bois inson bu yorug‘ dunyoda tinch va xotirjam, baxtli va farovon hayot kechirishga haqli. Uning qadr-qimmatini ulug‘lash, huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasiga oliy qadriyat darajasida qarash har qanday davrda ham ustuvor ahamiyat kasb etaveradi.Bugun O‘zbekistonda ham tom ma’noda insonparvar siyosat amalga os

23 Apr 03:36
 
22
0
xs.uz

«Yoshlar ovozi» tanlovining gʻoliblari Boʻzatov festivalida qatnashadi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Аyni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida isteʼdodli yigit-qizlarni aniqlashga qaratilgan 'Yoshlar ovozi' tanlovining hududiy bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 16-fevraldagi majlisi bayoniga koʻra, yangi avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 15-30-aprel kunlari yurtimiz boʻylab 'Besh tashabbus olimpiadasi' doirasida 'Yoshlar ovozi' tanlovi oʻtkazilyapti. Tanlovda ishtirokchilar maqom, baxshichilik, anʼ

23 Apr 03:36
 
18
0
xs.uz

Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasi ochildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqanddagi 'Ipak yoʻli' turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasi ochildi.Ochilish marosimida BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eysa Yusuf, BAA delegatsiyasi vakillari,