calendar 19 Aug 11:31
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir

Vashington Ukrainaning Amerika qurollaridan Qrimga zarba berishini maʻqulladi – OAV

image
image

Qo'shma Shtatlar, agar Kiyev zarur deb hisoblasa, Qrimdagi zarbalar uchun Ukrainaga berilgan qurollardan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi. Bu haqda "Politico" nashriga amerikalik yuqori martabali mulozim maʻlum qildi.

Nashrning ismi sir qolishini istagan suhbatdoshiga ko'ra, AQSh Ukrainani o'zini himoya qilish uchun qurol-yarog' bilan taʻminlagan. 

"Suveren Ukraina tuprog'ida ular taʻqib qilishga qaror qilgan har qanday nishon, o'zini himoya qilishdir", degpn u va qurol ishlatish uchun nishonlarni Amerika tomoni tanlamasligini qo'shimcha qilgan.

AQSh maʻmuriyati yarim orolni suveren Ukraina hududi deb hisoblaydimi, degan savolga rasmiy "Qrim – Ukraina", deb javob bergan.

Xuddi shu fikrni AQShning NATOdagi sobiq elchisi, Donald Tramp maʻmuriyatida Ukraina bo'yicha maxsus vakil bo'lib ishlagan Kurt Volker ham bildirdi. 

"Qrimdagi Rossiya kuchlariga hujum qilish Kiyev atrofida, Xersonda yoki Ukraina sharqida ularga hujum qilishdan farq qilmaydi", deydi u.

O'z navbatida, Ukraina rasmiylari vakili Kiyev AQShning Qrimdagi nishonlarga qarshi qurol qo'llash bo'yicha bunday yondashuvidan xabardor ekanligini aniq aytdi.

Eslatib o'tamiz, 16 avgust kuni Qrimning Jankoy tumanidagi Azovskoye qishlog'idagi harbiy qismda o'q-dorilar omborida portlash sodir bo'ldi.

Qrim-tatar xalqi majlisi raisi Refat Chubarovning aytishicha, ruslar portlashlar epitsentridan 5 kilometr radiusdagi hududni o'rab olgan va tinch aholini evakuatsiya qilgan.

RF Mudofaa vazirligi harbiy qismda o'q-dorilar saqlanadigan joyda yong'in sodir bo'lganini maʻlum qildi. Va keyinroq Rossiya tomoni sabotaj uyushtirilganini eʻlon qildi.

G'arb OAVda esa Qrimdagi portlashga Ukraina harbiylari uyushtirgan raketa zarbasi sabab bo'lganini yozdi.

Shuningdek, 9 avgust kuni Qrimda, Novofedorovka aholi punkti hududida bir qator portlashlar sodir bo'lgandi va Saki aerodromi hududida yong'in chiqqandi. Portlashlar natijasida kamida 9 ta samolyot yo'q qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
73
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
68
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
59
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi

24 Mar 13:25
 
279
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q