calendar 16 Aug 12:51
eye 61
comments 0
comments Manba: zarnews

Shuhrat RO'ZIEV: Viloyatda yil oxirigacha aholining sportga qamrovi 22 foizga yetkaziladi

image

Bu ko'rsatkich 2023 yilda 24, 2024 yilda 26 va 2025 yilda 30 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Quyida viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Shuhrat Ro'ziyev yuqoridagi rejalar va viloyatda sportni rivojlantirish borasidagi ishlarning bugungi ahvoli haqda so'z yuritadi.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 32 ta sport taʻlim muassasasi, 2 ta olimpiya va paralimpiya kolleji, 4 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi, 24 ta bolalar-o'smirlar sport maktabi, 1 ta futbol mahorati maktabi faoliyat olib bormoqda. Mazkur inshootlarda 1149 nafar trener-o'qituvchi 50 sport turi bo'yicha 33 ming 625 nafar yoshlarga mashg'ulot o'tyapti.

2021 yil 5 noyabrdagi "Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori hamda 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportning rivoji uchun muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Viloyatda o'tgan davr mobaynida ushbu vazifalar ijrosini taʻminlash va aholining ommaviy sportga jalb qilish ko'lamini oshirish maqsadida 82 kilometr salomatlik, 75 kilometr velosiped yo'laklari, 63 ta mini-futbol, 34 ta badminton, 323 ta "Workout", 47 ta stritbol maydonchalari foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qaroriga asosan, viloyatdagi 1126 mahallada 7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida sportning to'qqiz turi bo'yicha besh bosqichli sport musobaqalari o'tkazish yo'lga qo'yildi.

Ushbu ommaviy sport musobaqalarida viloyatimizdan 282 ming 989 nafar, yaʻni yoshlarning 17 foizi qamrab olindi. Turnir natijasiga ko'ra, yoshlarimiz mazkur musobaqaning respublika bosqichida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Qayd etish kerakki, joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyatimiz sportchilari jahon, xalqaro, Osiyo va O'zbekiston birinchiliklarida munosib ishtirok etib, 1184 medalni qo'lga kiritdi. Shundan jahon chempionatida 8 ta, xalqaro turnirda 31 ta, Osiyo musobaqalarida 10 ta, O'zbekistondagi bahslarda 1133 ta medal vakillarimizga nasib etdi.

Hozirda viloyatimizdan 2024 yil Parijda o'tkaziladigan olimpiya va paralimpiya o'yinlariga 9 sport turi bo'yicha 23 nafar sportchi, paralimpiya bo'yicha 4 nafar sportchi va 2 ta parasport turi bo'yicha nomzod sifatida saralab olingan sportchilarimiz tayyorgarlik mashg'ulotlarida qatnashmoqda.

Sportchilarimiz joriy yilning 9-18 avgust kunlari Konya shahri (Turkiya)da Islom Birdamlik o'yinlarida, 10-28 dekabr kunlari Shantau shahri (Xitoy)da o'smirlar o'rtasida yozgi Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi.

Viloyatda yil oxirigacha 881 ming 945 nafar, yaʻni aholining 22 foizi sportga qamrab olinadi. Bu ko'rsatkich 2023 yilda 24, 2024 yilda 26 va 2025 yilda 30 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
37
0
xs.uz

Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi

Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''

08 Jun 02:27
 
164
0
xs.uz

Men bu kunni goʻyoki yuz yillik urushlar tugashini kutgandek kutdim...

Garchi bu voqea frontdagi jang emas, balki yashil maydondagi kurash boʻlsa-da, yuragimda kechayotgan tuygʻular goʻyoki yillab toʻplangan orzular, ezilgan umidlar va nihoyat, bosh koʻtargan ishonch bilan yoʻgʻrilgan bir tarixiy lahza kabidir. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi agar bugun bor-yoʻgʻi bitta ochko olsa, ilk bor jahon chempionatining shonli sahnasiga qadam qoʻyadi.Ha, jahon chempionatiga chiqish Fransiya, Angliya yoki Braziliya uchun 'oddiy yangilik' boʻlishi mumkin. Ammo bi

15 Jun 10:46
 
255
0
xs.uz

Oʻzbekiston termasi 12 turda 12 ta gʻalaba qayd etib, pley-offga yoʻl oldi

Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blis yoʻnalishlari boʻyicha jamoaviy Jahon chempionati davom etmoqda. Dunyodagi 55 jamoa ishtirok etayotgan musobaqada kecha blis bahslari boshlandi. Kuchli tarkib bilan bellashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi saralash bosqichida 12 ta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozonib, 24 ochko bilan 'C' guruhi gʻolibiga aylandi.Bu bosqichda faqatgina 'WR Chess Team' jamoasi ham 100 foizlik natijani qayd etishga muvaffaq boʻldi. Har bir guruhdan eng yax

17 May 21:48
 
43
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi