Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi


Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-avgust kuni davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Aslida, bu soʻnggi yillarda amalga oshirib kelinayotgan maʼmuriy islohotlarning mantiqiy davomidir. Prezidentimizning xalqchil siyosati tufayli davlat xizmatchilari aholiga ancha yaqinlashdi. Xalqni eshitish, mablagʻlarni odamlar talabiga qarab yoʻnaltirish, “mahallabay” ishlash tizimlari yoʻlga qoʻyildi. Xodimlarga samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratildi.
Davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida “navbatdagi muhim vazifa – markaziy idoralarni transformatsiya qilish orqali fuqarolarga xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish” ekanini taʼkidlagan edi.
Hozirgi kunda bu sohada 118 ming kishi mehnat qilayapti. Lekin, natijadorlik boʻyicha aytganda, hali davlat xizmati xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yoʻq.
Misol uchun, oʻtgan yili Xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlarining bilimsizligi va masʼuliyatsizligi haqida 25 mingta, ularning muloqot madaniyati yetishmasligi bilan bogʻliq 7 mingta shikoyat kelib tushgan.
Qobiliyatni aniqlash, oʻqitish, ishni yaxshilashga oʻrgatadigan yaxlit tizim boʻlmagani uchun ayrim mutasaddilar vazifalarini eplay olmayapti. Umuman, rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivatsiya berish yoʻlga qoʻyilmagani ijrodagi oqsoqliklarning asosiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda.
Shu bois mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun tayyorlandi.
Yigʻilishda ushbu qonunda nazarda tutilayotgan talablardan kelib chiqib, davlat idoralari oldida turgan ustuvor vazifalar koʻrsatib oʻtildi.
Avvalo, davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etilishi taʼkidlandi. Shu maqsadda yil yakunigacha barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi. Boʻsh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat soʻralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga oʻtkaziladi. Nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati ochiq tanlov orqali aniqlanadi.
Bu tizim tajriba tariqasida, Samarqand viloyati va Davlat soliq qoʻmitasida sinovdan oʻtkazilgan. Yigʻilishda mazkur viloyat va qoʻmita mutasaddilari uning natijalari haqida aytib berdi. Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliy oʻquv yurtlaridan boshlashi kerakligi qayd etildi.
Bu tajribani tizimli yoʻlga qoʻyish uchun Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi eʼlon qilinadigan boʻldi. Dastur doirasida bitiruvchi kurslarda oʻqiyotgan qobiliyatli talabalar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka oʻtaydi va oʻqishni tamomlagach, ishga qabul qilinadi. Bunga xorijda oʻqiyotgan yoshlar ham qamrab olinadi.
Tahlillarga koʻra, vazirliklar markaziy apparatidagi rahbarlarning 40 foizi tuman pogʻonasini koʻrmagan, tuman miqyosidagi rahbarlarning 60 foizi esa viloyat yoki respublika idoralarida ishlamagan.
Shu bois Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni oʻstirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.
Buning uchun 1-noyabrdan boshlab, eski namunadagi maʼlumotnomadan voz kechilib, xodimning malakasi va erishgan natijalarini ilgʻor texnologiyalar asosida baholaydigan tizimga oʻtiladi. Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi.
Shuningdek, tuman va shahar darajasidagi rahbarlik uchun Salohiyatli kadrlar rezervi tuziladi, unga nomzodlar faqat mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari orasidan tanlab olinadi. Kompetensiyasiga qarab, ular uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Yoshlar ishlari agentligiga “Vatandoshlar” jamgʻarmasi bilan birga “100 ta ilgʻor yetakchi” dasturini amalga oshirish vazifasi qoʻyildi. Bu dastur doirasida davlat xizmatchilari, faol tadbirkorlar, xorijdagi vatandoshlar orasidan salohiyatli yosh kadrlar tanlab olinadi.
Maʼlumki, mamlakatimizda “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ustuvor etib belgilangan. Barcha sohalarda odamlarga qulaylik yaratish choralari koʻrilmoqda. Xususan, litsenziya olish, xizmatlarga buyurtma berish, turli idoralarga hujjat topshirish, toʻlov tizimlari ancha qulaylashdi.
Lekin, hali ham koʻp sohalarda qogʻozbozlik bor. Masalan, subsidiyalar uchun oʻrtacha 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olish kerak. Elektr tarmoqlariga ulanishda ham ortiqcha xarajat va byurokratiya koʻp. Tibbiyotda qaysi xizmat bepul yoki pulli boʻlishi, davlatdan beriladigan dorilarning hisob-kitobi va egasiga yetib borishi aniq bir tizimli emas. Qurilish, transport, kommunal xoʻjaligi, standart, karantin idoralarida ham aholi va tadbirkorlarning ishi bitishi qiyin boʻlgan jarayonlar juda koʻp.
Shu bois Bosh vazirga har bir vazirlik va hokimlikda xizmat koʻrsatish jarayonlarini tushunarli va qulay shaklga keltirish, ortiqcha xarajatlar va hujjatlarni qisqartirish boʻyicha koʻrsatma berildi.
– Bunda birdan bir mezon – odamlar roziligini olish, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bugun xalqimiz elu yurt rivojiga befarq emas, mahalla ishlarida faol qatnashmoqda. Masalan, “Ochiq byudjet” portali orqali aholi tashabbuslari hayotga koʻchmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida 2 mingdan ziyod ana shunday loyihalar boshlandi. Eng muhimi, odamlar ularga oʻzlarini daxldor bilib, qurilgan infratuzilmadan asrab-avaylab foydalanayapti.
Keyingi olti oyda bunday loyihalar uchun yana 1 trillion soʻm ajratilishi moʻljallangan. Shu bois mutasaddilarga aholi fikri asosida qilinadigan loyihalar koʻlamini kengaytirish boʻyicha topshiriq berildi.
Iqtisodiyotda xususiy sektor oʻsib borayotgani sari malakali kadrlarga talab oshib bormoqda. Bu raqobatli bozorda davlat xizmati ham jozibador boʻlishi kerak.
Shu bois Prezidentimiz davlat xizmatchilari faoliyatining kafolatlari ham kuchaytirilishini taʼkidladi.
Xususan, kelgusi yildan xodimning tajribasi, malakasi va erishgan natijasiga qarab, ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinadi. Ularning hayoti va sogʻligʻi davlat hisobidan sugʻurta qilinadi. Oʻz vazifalarini halol va pok bajarayotgan davlat xizmatchilari uchun keksalikni munosib oʻtkazish kafolatlari yaratiladi.
Davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.
Shu paytgacha davlat xizmatchilarining atigi 20 foizi malaka oshirgan. Oʻqitish sifati ham zamon talabi darajasida emas.
Shuning uchun xorijiy oʻquv markazlari bilan birga qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi. Vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazi faoliyatini qayta koʻrib chiqib, oʻqitish dasturlari va metodikalarini yangilash, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Yigʻilishda Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari, tarmoq va hudud rahbarlari, xorijiy hamkorlarning fikrlari eshitildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan
O‘zbekistonlik kardiojarrohlar amerikalik mutaxassislar bilan noyob jarrohlik amaliyotiga qo‘l urdi
Avvallari, koronar arteriyalar (yurak qon tomirlari) chuqur va ko'p joydan zararlangan bemorlarda mini invaziv jarrohlik usullarini amalga oshirish deyarli imkonsiz edi. Ammo, endi buning imkoni bor. Markazda amerikalik shifokorlar bilan birgalikda o'zbekistonlik kardiojarrohlar tomonidan qon tomirlardagi kalsiyli to'planmalarni xavfsiz tarzda parchalash imkonini beruvchi innovatsion lazerli litotripsiya usuli amalga oshirildi va qon aylanishini tiklaydigan stentlar muvaffaqiyatli o'rnatildi.Alb