"Bavariya" "Barsa"ning so'rovlariga javob bermayapti

image

Germaniyaning "Bavariya" klubi hujumchi Robert Levandovskining transferi bo'yicha "Barselona" bilan muzokara olib borishni istamayapti. Bu haqda "Suddeutsчe Zeitung" nashri xabar berdi.

Manbaga  ko'ra, myunxenliklar "Barselona" sport direktori Mateu Alemani qo'ng'iroqlariga javob bermayapti. Shu sababli, "ko'k anorranglilar" Levandovski uchun takliflarini yuborishda byurofaksdan foydalanishga majbur bo'lmoqda.

Qayd etilishicha, "Bavariya" va polshalik hujumchining agenti Pini Zaxavi o'rtasidagi munosabatlarga ham sovuqchilik tushgan. Shuningdek, Robertning o'zi ham nemis klubi rahbariyatining manzili tomon tanqidiy so'zlarni aytishdan tiyilayotgani yo'q.

"Bavariya"ning "Barselona" bilan muloqatga toqatsizligidan kelib chiqqan holda, Levandovski joriy yilning 12 iyuldan boshlab Myunxen jamoasi bilan mavsumoldi mashg'ulotlarini boshlashga majbur bo'lishi mumkin.

Maʻlumot o'rnida, o'tgan mavsumda Levandovski "Bavariya" safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 50 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Polshalik hujumchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali 33 yoshli hujumchini 50 million yevroga baholamoqda.

Maʻruf Abdumalikov