calendar 01 Jul 13:31
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir

FIFA JCh-2022da futbolga yangi texnologiyani olib kirmoqchi

image
image

FIFA 2022 yilning kuzida Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida o'yindan tashqari holatni aniqlashning yarim avtomatik tizimidan foydalanishini eʻlon qildi. Bu haqda FIFA’ning rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, stadion tomi ostiga o'rnatilgan 12 ta maxsus kameralar to'pning holatini va har bir futbolchining tanasidagi 29 nuqtani, shu jumladan tananing ofsayd bo'lishi mumkin bo'lgan barcha qismlarini kuzatib boradi.

Yana bir ajabtovur tarafi shundaki, Qatardagi jahon chempionatida foydalaniladigan to'plar ichiga maxsus sensor o'rnatiladi. Yangi texnologiya tufayli videoyordamchi hakamlar futbolchi jamoadoshining uzatmasini qabul qilayotgan vaqtida o'yindan tashqari holatda qolib ketgani haqida avtomatik ravishda bildirishnoma oladi.

Shundan so'ng, VAR ofsayd chindan ham mavjudligini tekshiradi va vaziyat haqida bosh hakamga xabar beradi. Qaror tasdiqlangach, stadionda va translyatsiyada o'yindan tashqari holat aks etgan 3D animatsiya namoyish etiladi.

Qo'shimcha qilinishicha, yangi texnologiya yordamida ofsaydni aniqlash jarayoni bir necha soniya davom etadi. Albatta, bu hakamlarning vaqtni behuda sarflamasliklariga yordam beradi.

Maʻruf Abdumalikov

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
363
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.