calendar 01 Jul 12:32
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir

2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchilari eʻlon qilindi

image
image

Ispaniyaning "Marca" nashri 2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatini eʻlon qildi.

Qayd etish joizki, ushbu reyting butun dunyo yig'ilgan 60 dan ortiq jurnalist va ekspertlardan iborat hakamlar hayʻati tomonidan tuzilgan.

Unga ko'ra, Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ikkinchi o'rinni "los blankos" darvozaboni Tibo Kurtua egalladi. Uchinchi pog'onadan ham "qaymoqranglilar" futbolchisi o'rin olgan. Yaʻni, Vinisius Junior 2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi 3-raqamli futbolchisi sifatida eʻtirof qilingan.

"Marca" talqiniga ko'ra, 2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi bilan tanishing:

1. Karim Benzema ("Real Madrid");

2. Tibo Kurtua ("Real Madrid");

3. Vinisius Junior ("Real Madrid");

4. Muhammad Saloh ("Liverpul");

5. Kilian Mbappe (PSJ);

6. Luka Modrich ("Real Madrid");

7. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti");

8. Robert Levandovski ("Bavariya");

9. Virjil van Deyk ("Liverpul");

10. Sadio Mane ("Liverpul"/"Bavariya").

Eslatib o'tamiz, nufuzli "Transfermarkt" portali dunyoning eng qimmat futbolchilaridan iborat reytingni tuzgandi. Aynan "Marca" 2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi yosh futbolchilarini ham eʻlon qilgandi.

Avvalroq, O'zbekistonning eng qimmat futbolchilari haqida maʻlumot berilgandi. Shuningdek, joriy yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekistonda o'tkazilgan futbol bo'yicha Osiyo kubogi U-23 ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari haqida xabar qilingandi. Qolaversa, Osiyo qitʻasining narxi "osmon" futbolchilaridan iborat reyting ham tuzilgan.

Maʻruf Abdumalikov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
362
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.