calendar 01 Jul 03:31
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir

Isroil Bosh vaziri o'zgardi

image
image

Isroil Bosh vaziri lavozimini tark etayotgan Naftali Benet o'z vakolatlarini Tashqi ishlar vaziri Yair Lapidga topshirdi. Rasmiy marosim 30 iyun kuni Quddusda Knessetning (parlament) o'zini-o'zi tarqatib yuborish to'g'risidagi qonun loyihasi maʻqullanganidan so'ng bo'lib o'tdi. Bu haqda Isroil hukumati matbuot xizmati maʻlum qildi.

Benet 2021 yil bahor oylarida bo'lib o'tgan avvalgi saylovlar natijalariga ko'ra, tuzilgan koalitsiya kelishuviga muvofiq, Bosh vazirlikni Lapidga topshirdi. Lapid joriy yilning 1 noyabrda bo'lib o'tadigan yangi saylovlarga qadar Vazirlar Mahkamasi rahbari lavozimini egallaydi.

Hukumat matbuot xizmatida taʻkidlanishicha, Benet va Lapid "kamtarona vakolatlarni topshirish marosimini o'tkazdi", unda ikkala siyosatchining oila aʻzolari ishtirok etdi. So'ngra Benet isteʻfoga chiqdi va yangi Bosh vazir ishlarni topshirish bo'yicha "batafsil suhbat" o'tkazgan, unda, xususan, "Isroil davlatining xavfsizlik va diplomatiya sohasidagi asosiy muammolari muhokama qilindi", deya qo'shimcha qildi matbuot xizmati.

Naftali Benet hamkasbiga nasihat qilib, Bosh vazir lavozimi Isroil xalqi xizmatidagi alohida missiya ekanligini taʻkidladi. 

"Men sizga Isroil davlati uchun masʻuliyat yuklayman, unga yaxshi g'amxo'rlik qilishingizni xohlayman. Xudo sizni asrasin", dedi isteʻfoga chiqqan Bosh vazir.

O'z navbatida Yair Lapid o'zidan oldingi rahbarga yaxshi so'zlari uchun minnatdorlik bildirib, uni "yaxshi inson va ajoyib Bosh vazir", shuningdek, "yaxshi do'st" deb bilishini taʻkidladi. 

"Bu xayrlashuv marosimi emas, chunki hyech kim ketish niyatida emas", deydi u.

Parlamentni tarqatish va Bosh vazirni almashtirish

30 iyun kuni Isroil parlamenti ko'p kunlik muhokamalardan so'ng o'z-o'zini tarqatib yuborish to'g'risidagi qonun loyihasini maʻqulladi. Shu bilan birga, yangi saylovlar sanasi – 1 noyabr tasdiqlandi. Shundan so'ng, amaldagi Knesset tarqatib yuborilgan deb hisoblanadi.

Joriy yilning 20 iyun kuni hukmron koalitsiya yetakchilari Benet va Lapid Knessetni tarqatib yuborishga va Vazirlar Mahkamasi rahbari vakolatlarini koalitsiya kelishuviga ko'ra, keyingi saylovlarga qadar tashqi ishlar vazirligi rahbariga o'tkazishga kelishib oldilar. 22 iyun kuni parlament o'z-o'zini tarqatib yuborish to'g'risidagi qonun loyihasini dastlabki o'qishda yoqlab, ovoz berdi. Hujjat nihoyat shu hafta boshida maʻqullanishi kutilgandi, biroq parlament komissiyasi darajasidagi bahslar bugunga qadar cho'zildi.

29 iyun kuni Benet keyingi saylovlarda qatnashmasligini va uning "Yamina" partiyasini bo'lajak saylov kompaniyasida hozirgi Isroil Ichki ishlar vaziri Ayelet Shaked boshqarib borishini eʻlon qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
73
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
68
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
59
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi

24 Mar 13:25
 
279
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q